Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

"HUDUDGAZ TOSHKENT" gaz ta'minoti filiali tomonidan qish mavsumida aholining mavjud muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yohud favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so‘raymiz.

"HUDUDGAZ TOSHKENT" gaz ta'minoti filiali hamda viloyatdagi 22 ta shahar va tuman mas’ullarining aloqa raqamlari:

▶️Viloyat dispecheri +998 70 202 17 06, +998 70 202 17 05;
▶️Olmaliq shahri
+998 99 677 10 04, +998 70 614 27 16;
▶️Chirchiq shahri +998 99 964 10 04, +998 70 716 57 80;
▶️Bekobod shahri +998 99 323 10 04, +998 70 214 22 14;
▶️Yangiyo‘l shahri +998 99 894 10 04, +998 70 602 26 95;
▶️Yangiyo‘l tumani +998 99 928 10 04, +998 70 602 26 95;
▶️Piskent tumani +998 99 961 10 04;
▶️Nurafshon shahri +998 99 004 81 04;
▶️O‘rta Chirchiq tumani +998 99 837 10 04;
▶️Chinoz tumani +998 99 916 10 04;
▶️Bekobod tumani +998 99 085 10 04;
▶️Ohangaron shahri +998 99 757 10 04;
▶️Ohangaron tumani +998 99 958 10 04;
▶️Bo‘stonliq tumani +998 99 929 10 04, +998 70 742 17 70;
▶️Yuqori Chirchiq tumani +998 99 838 10 04;
▶️Bo‘ka tumani +998 99 341 10 04;
▶️Quyi Chirchiq tumani +998 99 803 10 04;
▶️Toshkent tumani +998 99 865 10 04, +998 70 202 67 57;
▶️Qibray tumani +998 99 862 10 04, +998 55 900 43 36;
▶️Zangiota tumani +998 99 880 10 04, +998 70 975 26 01;
▶️Parkent tumani +998 99 963 10 04, +998 70 722 23 92;
▶️Oqqo‘rg‘on tumani +998 99 656 10 04;
▶️Angren shahri +998 99 331 10 04, +998 70 664 05 95.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Ohangaron shahar elektr ta’minoti ogohlantiradi!

19-dekabr kuni soat 11:00 dan soat 13:00 gacha va soat 15:00 dan soat 18:00 gacha 35/6 kV "Zarbdor" podstansiyasiga zahira havo tarmog‘ini yaratish maqsadida 35 kV havo tarmog‘i tortish ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi hududlarda vaqtinchalik elektr ta’minoti to‘xtatiladi.

Birlik, Iloq, Vatan, Navbahor, Oxunboboyev, Shodlik, Orzu, Umid, Yangilik, Do‘stlik, Qo‘rgon, Yangiobod MFYlari va hududdagi maktab va
maktabgacha ta’lim tashkilotlari.

Ishlarni bajarish vaqtida Ohangaron shahrida suv ta’minotida ham uzilishlar kuzatiladi.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Ohangaron shahar elektr ta’minoti.

Murojaat uchun:
📞Tel:70-645-32-00
#Davra_suhbati

Ohangaron shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan shahrimizdagi Guliston MFYdagi xotin-qizlar o‘rtasida “Ayol-millat tarbiyachisi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Usmanova, shahar bosh otinoyisi N.Alimbekovalar va mahalla faollari, oqila ayollar qatnashdi.

Shuningdek, davra suhbatida psixologik trening tashkil etildi va xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi.
Til bilgan - el biladi.

18-dekabr kuni shahrimizdagi 2-IDUM o'quvchilari Tillayeva Sevinch, Elmurodova Zuhra, Mamatjonova Farangiz  va Salimxonova Osudaxonlar besh tashabbus olimpiadasi doirasida ibrat farzandlari loyihasidan INGLIZ TILI bo'yicha viloyat bosqichida faol ishtirok etib qaytishdi.

Ishtirok etgan yoshlarimizga Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan tashakkurnomalar berildi.

O'quvchilarimizga ulkan zafarlar tilaymiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ohangaronning yangi binolari qad rostlamoqda!

🏗️Jabal an Nur turar-joy majmuasida qurilish jarayoni davom etmoqda.

Uylarimiz mustahkam va uzoq muddat xizmat qilishi uchun har bir unsur alohida e'tiborga ega!

☎️Batafsil ma’lumot uchun: +998 99 581-44-44‌‌
#Tayinlov

Abdullayev Oybek Azimjanovich – 2024-yilning 17-dekabridan Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, shahardagi No‘g‘oyqo‘rg‘on MFYda yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Oybek Abdullayev 1992-yilda Ohangaron shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Davra_suhbati

Ohangaron shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan shahrimizdagi Qo‘rg‘on MFYdagi xotin-qizlar o‘rtasida “Ayol-millat tarbiyachisi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Usmanova, shahar IIB katta inspektori N.Karimxo‘jayeva, shahar bosh otinoyisi N.Alimbekovalar va mahalla faollari, oqila ayollar qatnashdi.

Davra suhbatida xotin-qizlar o‘rtasida uchrayotgan ayrim salbiy illatlar, ajrimlar va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌