Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
39.4K photos
2.53K videos
67 files
8.88K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Hokimlik_soati

Hokimlik soatida: yangi hafta rejalari belgilab olindi

Ohangaron shahar hokimligida shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev boshchiligida korxona-tashkilotlar rahbarlari bilan navbatdagi hokimlik soati o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, Boshqaruv servis kompaniyalari qarzdorligini bartaraf etish, Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olish masalalari muhokama etildi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
❗️Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Bu yilgi Yangi yil bayramida besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 5 kun, olti kunliklar 4 kun dam olishadi.

▪️ 28 dekabr, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
▪️ 29 dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
▪️ 30 dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14 dekabr – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
▪️ 31 dekabr, seshanba — Prezident farmoni asosida barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
▪️ 1 yanvar, chorshanba  — Yangi yil bayrami, dam olish kuni

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Jarayon

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda YPX tomonidan shaharning ichki ko‘chalari qordan tozalanib, qum-tuz sepildi.

Ayni damda avtomagistral yo‘l va shahar yo‘llarida avtomobillar va piyodalar qatnovi amalga oshirilmoqda.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Jarayon

Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari hali quyosh chiqmasidan turib ish joylariga yetib kelishdi.

Sadoqat bilan mehnat qilish namunasini aynan mana shu bo‘lim xodimlarida ko‘rsak bo‘ladi.
#Tabriklaymiz

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Dovud Madazimovning tavallud ayyomi!

Dovud Madazimov, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvafaqqiyatlar doimiy  hamrohingiz bo‘lsin!

Shahrimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘lidagi faoliyatingizda zafarlar tilaymiz!


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
Bugun Ohangaron shahar Din ishlari bo‘limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘linmasi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda shahar hududida joylashgan 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quvchi-yoshlar va Vatan, Iloq MFY fuqorolari o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" ezgu g‘oyasi asosida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi hamda mazkur tashkilot mas'ul xodimlari tomonidan mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
Mudofaa vaziri Ohangaronda

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 15-noyabrdagi 393-sonli “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tizimini o‘rganish maqsadida shahrimizdagi 6-umumta’lim maktabiga Mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuxammedov tashrif buyurdi.

Mudofaa vazirligi tomonidan biriktirilgan ta’lim tashkilotida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy kasbga yo‘naltirish, harbiy-sport musobaqalari va CHQBT fani mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilangan.

Tashrif davomida Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, jasorat sinflari holati o‘rganildi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌