Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.48K videos
67 files
8.65K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#shukuh

Shahrimizdagi Toshkent viloyati Ohangaron shahar 4-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan G‘unchaoy nomli maktabgacha ta‘lim tashkilotida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirok etib, bolajonlarga quvonch ulashishdi.
#Shukuh

Shahrimizda joylashgan Toshkent viloyati qo‘llab-quvvatlash markazida Nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev, sektor rahbarlari, korxona -tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, muassasa jamoasiga faoliyatlarida
muvaffaqiyatlar tiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga ko‘rsatayotgan xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Muqumiy teatri san’atkorlari hamda shahrimiz Madaniyat bo‘limi xodimlarining badiiy chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt‌‌
“3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan shahar prokurori, 2-sektor rahbari T.Karimov tomonidan “Bo’ston” mfy hududida yashovchi nogironligi bor oilaning holidan xabar olindi hamda ushbu oilaga nogironlik aravachasi topshirildi.

➡️
Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Shukuh

Shahrimizdagi Alimardon ovqatlanish majmuasida shahar hokimligi tomonidan 3-dekabr Nogironlar kuni munosabati bilan shahrimizdagi imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun bayram dasturxoni yozilib, madaniy-badiiy kecha tashkil etildi.

Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga esdalik sovg‘alari, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#jarayon
#yong‘in_xavfsizligi_oyligi

Xalqimizda "Olov tilsiz yov" degan gap bor. Bu bejiz aytilgan emas. Chunki arzimagan e’tiborsizligimiz sababli yuzaga kelgan yong‘inlar ko‘plab noxushliklarni keltirib chiqarayotganligiga ko‘z yumib bo‘lmaydi.

2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ohangaron shahar 16-DMT tashkilotida ham ushbu tadbir doirasida Favqulodda Vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tarbiyachilar, ishchi xizmatchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Yong‘in xavfsizligi - bu faqat qoidalar emas, balki o‘zingiz, yaqinlaringiz va jamiyat haqida g‘amxo‘rlik qilishdir!


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌