Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.48K videos
67 files
8.65K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#mulohazalashamiz

​​Bir bolaning oyoq kiyimi dengiz to‘lqinlari orasida yo‘qoldi. U sohildagi qumga "Bu dengiz o‘g‘ri", - deb yozib qo‘ydi...

Undan uncha uzoq bo‘lmagan yerda baliqchi to‘r tashlab, anchagina baliq tutdi. U qumlikka: "Bu dengiz sahiy", - deb yozib qo‘ydi...

Yosh yigit dengizda cho‘kib ketdi. Onasi sohilga: "Bu dengiz qotil", - deb yozib qo‘ydi...

Qariya dengizdan qimmatbaho dur topib oldi. Uning yozuvi: "Bu dengiz oliyjanob", bo‘ldi...

Keyin qirg‘oqqa baland to‘lqin kelib urildi-da, u yerdagi barcha yozuvlarni o‘chirib tashladi...

Dengiz sokinlik bilan so‘z qotdi: "Dengiz bo‘lishni istasang, odamlarning so‘ziga e'tibor berma!!!"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Shahrimizdagi Toshkent viloyati Ohangaron shahar 4-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan G‘unchaoy nomli maktabgacha ta‘lim tashkilotida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirok etib, bolajonlarga quvonch ulashishdi.
#Shukuh

Shahrimizda joylashgan Toshkent viloyati qo‘llab-quvvatlash markazida Nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev, sektor rahbarlari, korxona -tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, muassasa jamoasiga faoliyatlarida
muvaffaqiyatlar tiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga ko‘rsatayotgan xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Muqumiy teatri san’atkorlari hamda shahrimiz Madaniyat bo‘limi xodimlarining badiiy chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt‌‌
“3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan shahar prokurori, 2-sektor rahbari T.Karimov tomonidan “Bo’ston” mfy hududida yashovchi nogironligi bor oilaning holidan xabar olindi hamda ushbu oilaga nogironlik aravachasi topshirildi.

➡️
Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Shukuh

Shahrimizdagi Alimardon ovqatlanish majmuasida shahar hokimligi tomonidan 3-dekabr Nogironlar kuni munosabati bilan shahrimizdagi imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun bayram dasturxoni yozilib, madaniy-badiiy kecha tashkil etildi.

Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga esdalik sovg‘alari, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌