Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.67K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Bugun Ohangaron shahar Elektr ta’minoti korxonasida Din ishlari bo‘limi va shahardagi “Xonobod” jome masjidi bosh imom xatibi va Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt
Forwarded from E-auksion_Toshkent_viloyat (🇺🇿)
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 270 dan ortiq Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 139 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 8 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 17 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 7 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#subsidiya

Bugun Ohangaron shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan hokim yordamchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shahrimizdagi Xonobod, Oxunboboyev, Namuna, Navbahor mahallalaridagi ishsiz va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga qandolatchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun muzlatgich, gaz plitasi, blender va mikroto'lqinli pech subsidiya hisobida topshirildi.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar❗️

🚒Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi ogohlantiradi❗️❗️❗️

🔹isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;
🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang
🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.

⚡️Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz.
#O‘rganish

Ohangaron shahar Sanitariya epidemiologiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan 1-sonli DMTTning ta’mirlashdan keyingi holati, zamonoviy  sanitariya texnik jihozlar bilan ta’minlanganligi hamda muasasada 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining bajarilganligi bo‘yicha sanitariya nazorati olib borildi.

Shuningdek, muassasa xodimlari o‘rtasida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, ertalabki filtrlarni to‘g‘ri tashkil etish hamda turli yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida seminar o‘tkazildi.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt
Prokuror sektorida sayyor qabul o‘tkazildi

Ohangaron shahar prokurori T.Karimov tomonidan  2-sektor hududidagi "Mustaqillik" MFYda fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 10 dan ortiq fuqarolar qatnashdi.

Fuqarolarning uy-joy, kommunal va boshqa sohalardagi murojaati tinglanib, ulardan 2 tasi joyida qanoatlantirildi va o‘rganish muddat talab qiladigan murojaatlar mas'ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt
#2024_yil_1_noyabrdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag'al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas'uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:

🔹barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;

🔹ta'lim olish va kasb-hunar o'rganish;

🔹kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;

🔹ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;

🔹yashash sharoitlarini yaxshilash;

🔹davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;

🔹davlat organlari xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
⚡️"Jadidlar izidan" respublika ko‘rik tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning 31-oktyabr kuni 2-Iqtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida «Jadidlar izidan» respublika ko‘rik tanlovining ikkinchi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📌Tanlov 2 ta guruhda — 6-7-8- hamda 9-10-sinflar bo‘yicha o‘tkazildi.

📌Bunda 6-7-8 sinflar o‘rtasida fahrli I-o‘rinni 2-IDUM dan Mamatjonova Farangiz Toxir qizi hamda 9-10-sinflar o‘rtasida 3-maktabdan  Isroilxo‘jayeva Mahsumaxon Abduvahobxo‘ja qizi egalladi.
⚡️Tanlov yakunida g‘oliblar Ohangaron shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim boshlig‘i A.  Xamrayev va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  Ohangaron shahar bo‘linmasi boshlig‘i  U. Cho‘lponovalar tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.