Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.2K photos
2.51K videos
67 files
8.82K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda shahar hokimligi ma’sul xodimlari A-373 avtomagistral yo‘lining Ohangaron shahri hududidan o‘tgan qismida, ya’ni, 133,7 km.da hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tegishli bo‘lgan Ohangaron shahri “Birlik” mahallasida joylashgan “Ohangaron” bekatidagi temir yo‘l liniyasida yer usti piyodalar o‘tish yo‘laklarining qurish ishlari jarayonini jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

@ohangaronshahar
#targ‘ibot

Qizlar tarbiyasi-millat tarbiyasi!

Shaharda Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan qizlar o‘rtasida odob-axloq qoidalarini shakllantirish, milliy qadriyatlar, an'analarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

2-IDUMda Yangiobod, Xonobod va Vatan mahallalari xotin-qizlar faollari va shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda bugungi kunda qizlar tarbiyasida uchrayotgan salbiy xolatlar haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, maktab o‘quvchi qizlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar muhokama qilindi.


@ohangaronshahar
MTTda nima gaplar?!

Ta’limning, tarbiyaning ilk o‘chog‘i hisoblanmish maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish muhim jarayondir.

Shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Karimov, Makatabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Xamrayev hamrohligida shahrimizdagi 6-maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rgandi.

Mutasaddilar tomonidan MTT oshxonasi holati, bolalar ratsionlari o‘rganildi.


@ohangaronshahar
#Bizning_yoshlar

Bunyodkor MFY da yashovchi Asilbek Abdujalolov hozirgi kunda Bahodir Jalolov nomidagi sport maktabining 7-sinfida o‘qiydi.

⚡️Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi boks bo‘yicha xalqaro turnirda 55 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

@ohangaronshahar
#Donorlik_kuni

❣️Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasida 10-oktabr kuni soat 10-00 dan 14-00 gacha "Beg'araz donorlik kuni" o'tkaziladi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

❗️Donorlik tartibi bo‘yicha eslatma:
1. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi;
2. 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste’mol qilmasligi;
3. Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste’mol qilmasligi;
4. Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi lozim;
5. Sariq kasalga chalinmaganligi va “D” ro‘yxatda turmasligi talab etiladi.

🩸Qon — bu hayot, sizning qoningiz ko‘plab insonning hayotini asrab qolishi mumkin.

@ohangaronshahar
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 3200 dan ortiq Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 557 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 247 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 489 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 232 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 301 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 23 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 160 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 136 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 91 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 189 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 133 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 111 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 47 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 104 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 197 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 59 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 26 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Минбар

Сайловлар ҳамма муаммоларга ечим бўлиши керакми?

Ўзбекистонда ўтказилаётган сайловолди ташвиқотлари ва унга аҳоли муносабатлари юзасидан эксперт мулоҳазалари

Батафсил


✍️Худойберди Ҳақназаров,
тарих фанлари доктори, мустақил эксперт


@olimlar_minbari
#Kun_hikmati

▫️Bu fotosuratda haddan ziyod shaxsiy erkinlikning yomon tomoni va suiiste’mol qilinishiga juda yaxshi namunadir.

Suratda  bir bo‘lak pirog olgan odam ӯzining ulushini oldi.
Ha, to‘g‘ri, balki u o‘ziga tegishlisini olgandir, ortig‘ini olmagandir, lekin o‘z ulushini olish chog‘ida boshqalarning o‘z ulushini olishini qiyinlashtirdi.
Bu hatto adolatsizlikka ham yӯl ochmoqda.

Agar biz o‘z erkinligimizdan foydalangan holda boshqalarga zarar etkazayotgan bo‘lsak va adolatsizlikka sabab bo‘lsak, bu shaxsiy erkinlikni suiiste’mol qilishdir.
“Adolat arifmetik emas, geometrikdir”.  Platon.

Manba: twitter

@ohangaronshahar
#Taʻlim

☑️ Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

📌 Ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Минбар

“Сайлов – 2024”: сиёсий уйғунлик ва партиялараро рақобат юзасидан айрим мулоҳазалар

"Гармония – зиддиятлар уйғунлиги"
Гераклит.


🔖Милоддан аввалги 544 йилда қадимги юнон файласуфи Гераклит илмий меросидан келтирилган ушбу иқтибос замонавий ўзбек электорати нигоҳидаги партиялараро рақобатнинг ўзига хос ҳамоҳанглигини, назаримизда, аниқ ифодалайди. Бир қарашда, бундай турлича ва фарқли ёндошувлар жамиятда маълум антогонизм ёхуд зиддиятларни келтириб чиқариши мумкиндек.

⚡️Аммо айнан шу тафовутлар аслида сиёсий тизимни амалда такомиллаштиришнинг муҳим омили бўлади. Партиялар ўртасидаги ўзаро мусобақа ва сиёсий кураш жамият манфаатларини кенгроқ ҳисобга оладиган муқобил давлат сиёсатини яратишга замин бўлади.

Бўлиб ўтган дастлабки икки теледебатлар давомида партиялар етакчи ва маърузачилари ўз сайловолди платформаларига киритилган асосий таклифларини тақдим этдилар, баъзилари бир-бирини тўлдирса, айримлари эса бир-бирига тамоман зид бўлди. Қизгин мунозаралар сайловчиларни қизиқтирган долзарб муаммоларни акс эттирса-да, оммавий муҳокамалар иштирокчилари такомилга молик бир нечта муҳим жиҳатларни ҳисобга олишларини тақозо этади.

📎Умуман олганда, теледебатлар юзасидан туғилган холис мушоҳадаларимиз хулосалари шундан далолат берадики, мамлакат ижтимоий-сиёсий кўланкасида аниқлик, танқидийлик ва очиқликнинг қарор топиб бориши сайловчилар ишончини ошириш ва Ўзбекистонда сиёсий баҳс-мунозаралар сифатини яхшилаш йўлида ташланган муҳим қадам бўлмоқда.

◀️Батафсил

Бобур Алихонов,
Ўзбекистон Журналистика ва оммавий коммуникациялар университети фахрий профессори, медиа эксперт


@olimlar_minbari