Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.3K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Hokim_qabuli

Ohangaron shahar hokimligida navbatdagi hokim qabuli bo‘lib o‘tdi.

⚡️Qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, murojaatlar o‘rganilish maqsadida mutasaddilarga yo‘naltirildi.

🖇Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, elektr energiyasi, kadastr, sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi murojaatlar tegishli mutasaddilarga o‘rganib chiqish uchun berildi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
#mol_mulk_yer_solig'i to'lashning muddati yakunlanmoqda.

📌Soliq kodeksining 423 va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to'lashi lozim.

⚡️Hurmatli fuqarolar mol-mulk va yer  soliqlaringizni teng yarmini 15-oktabrga qadar to'lashni unutmang.

📲Shuningdek, Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videolavha

Kelajak kompaniyasi boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlaridan videolavha

@ohangaronshahar
#Aholiga_qulaylik

Ohangaron shahar, Birlik MFYdagi aholini o‘ylantirayotgan, Respublika darajasidagi muammoli masala-Temir yo‘l kesishmasi yuqorisidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishi Respublika rahbariyati topshirig‘i bilan foydalanishga topshirish maqsadida yakuniy ishlar boshlandi.

Shahar aholisi nomidan O‘zbekiston Temir yo‘llari A/J temir  yo‘l quruvchilari ishiga omad, kuch-quvvat tilaymiz.

@ohangaronshahar
"Tadbirkor va yoshlar" uchrashuvi tashkil qilindi

🖇Ohangaron shahar IIB probatsiya guruhi katta inspektori mayor N.J.Pardaboyev ishtirok etdi.

⚡️Uchrashuvda probatsiya hisobida turgan yoshlar hamda tadbirkor ishtirok etdi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

@ohangaronshahar
#Tabriklaymiz

Bugun shahar hokimining davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Mirzayeva Nilufar Foziljonovnaning tavallud ayyomi!

Nilufar Foziljonovnani mehribon ona, o‘z sohasining bilimdoni, hamkasblaridan beminnat yordamlarini ayamaydigan kadr sifatida yaxshi bilamiz!

Doimo sog‘-salomat bo‘ling! Oilada va kasbiy faoliyatingizda muvafaqqiyatlar tilaymiz!

Shahrimiz ravnaqi, iqtisodiy-ijtimoiy yutuqlarni qo‘lga kiritish yo‘lidagi faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin!

Ohangaron shahar hokimligi jamoasi

@ohangaronshahar
Ohangaron shahar elektr ta’minoti ogohlantiradi!

⚡️7-oktabr kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha Ohangaron shahar sanoat hududida tarmoq tortish ishlari olib borilishi sababli, jarayonni xavfsiz tashkil etish maqsadida shaharning “Birlik”, “Yangilik” MFYning sanoat hududlarida elektr ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Murojaat uchun: 70-645-32-00

Ohangaron shahar elektr ta’minoti

@ohangaronshahar
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda shahar hokimligi ma’sul xodimlari A-373 avtomagistral yo‘lining Ohangaron shahri hududidan o‘tgan qismida, ya’ni, 133,7 km.da hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tegishli bo‘lgan Ohangaron shahri “Birlik” mahallasida joylashgan “Ohangaron” bekatidagi temir yo‘l liniyasida yer usti piyodalar o‘tish yo‘laklarining qurish ishlari jarayonini jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

@ohangaronshahar
#targ‘ibot

Qizlar tarbiyasi-millat tarbiyasi!

Shaharda Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan qizlar o‘rtasida odob-axloq qoidalarini shakllantirish, milliy qadriyatlar, an'analarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

2-IDUMda Yangiobod, Xonobod va Vatan mahallalari xotin-qizlar faollari va shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda bugungi kunda qizlar tarbiyasida uchrayotgan salbiy xolatlar haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, maktab o‘quvchi qizlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar muhokama qilindi.


@ohangaronshahar