Оhangaron shahar hokimligi
3.6K subscribers
39.2K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati kuni!

🇺🇿Bugun, mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilib kelayotgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining kasb bayrami.

📰Yoshlar ishlari agentligi va yoshlar yetakchilar jamoasi nomidan vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi sharafli kasbni ado etishda sizlarga mustahkam sog‘lik tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Ohangaron shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik J.Tilyabayev Ohangaron shahar "Do‘stlik" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi va yoshlar bilan navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

🟢 Qabul davomida aholiga ijtimoiy yordam, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo'lga qo'yish masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

🟢 Shuningdek, aholi va yoshlar  tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha o'rganilib, hal qilish chora tadbirlari belgilab berildi. Muddat talab qiladigan boshqa turdagi murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
@ohangaronshahar
#Tadbir
#Kitob_taqdimoti

Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan shahar Mudofaa ishlari bo‘limi, Ohangaron tuman Harbiy qism, shahar Milliy gvardiya bo‘limi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, shahar "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, shahar Maxsus harbiy maktabi bilan hamkorlikda 2-IDUMda "Men ham harbiy bo‘laman" nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda Ohangaron shahar Maxsus harbiy maktabi kursantlari va shahar hududida joylashgan ta'lim muassasalaridagi "Vatan tayanchi" harakati a'zolari hamda nuroniylar ishtirok etdilar. Shahar Maxsus harbiy maktabi kursantlar hamda harbiy askarlarning harbiy chiqishlari barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan hamkor tashkilotlarga tashakkurnomalar va "Men ham harbiy bo‘laman" nomli kitoblar taqdim etdi.

Kanalga ulanish:
@ohangaronshahar
Mahalla raisi DMTT bolajonlariga kitob ulashdi

Ohangaron shahar 14-sonli DMTTda No‘g‘oyqo‘rg‘on MFY raisi Botirxon Munavarov DMTT ishchi-xodimlari va tarbiyalanuvchilar bilan samimiy suhbat o'tkazdi.

Suhbat davomida tarbiyalanuvchilar o'zlarining bilimlari, yod olgan she‘r va qo'shiqlarini bayon etishdi.

MFY raisi tarbiyalanuvchilarga turli ertak kitoblar va qiziqarli she’r, maqollar to'plamini hadya qildi.

Ishchi-xodimlarga ham muammo va kamchiliklar bo‘lsa murojaat qilishlari mumkinligi ta'kidlandi.

@ohangaronshahar