Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Abduvohid finalda

🥊 Ohangaron shahar o'g'loni Abduvohid Abdumajidov -58 kg vaznda boʻlib oʻtgan bahsda hindistonlik Naman Kumarni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, Osiyo chempionatining finaliga yoʻl oldi. Bokschimizning murabbiyi Madismanov Ulug'bek akaga alohida rahmat aytib qolamiz.

Barakalla Abduvohid


🌐
@ohangaronshahar
Shaharda "Barqaror turmush" oyligi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

✔️Bugun shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan No‘g‘oyqo‘rg‘on va Birlik mahallalarida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, sogʻlom turmush tarzi, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Usmanova, bosh mutaxassis N.Umarova, Adliya boʻlimi boshligʻi S.Xakimov, shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlari A.Rabdullayeva, Q.Mamatqulova, Oqila ayollar harakati rahbari D.Sodiqova,  Ichki Ishlar Boʻlimi Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori N.Karimxoʻjayeva, psixologlar Z.Sheraliyeva, M.Abdurahmonova, shahar bosh otinoyisi N.Alimbekovalar uchrashuv mavzusi yuzasidan yigʻilganlarga kerakli maslahat va tavsiyalar berishdi.


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#jarayon

⚡️Ohangaron shahar hokimi M.E.Rajabboyev Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌Uchrashuvda budjet va mahalliy tushumlar, legalizatsiya va soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish sifati ko'lamini oshirish, shuningdek, "Soliqchi ko'makchi" tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muhokamaga kirishish yuzasidan topshiriqlar berildi hamda belgilangan reja-topshiriqlar ijrosini bajargan bir qator xodimlarga shahar hokimi tashakkurnomasi taqdim etildi.

⚡️ Mahalla soliq inspektorlariga xizmat faoliyatida foydalanish uchun planshetlar topshirildi.

Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi.‌‌‌‌

@ohangaronshahar