Оhangaron shahar hokimligi
11.5K subscribers
44.2K photos
2.83K videos
70 files
9.97K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Shu bilan davlatimiz rahbari Samarqandga tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi.


🌐
@ohangaronshahar
👍2
❗️Ayni damda Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan A-373 Xalqaro avtomobil yo'lida obodonlashtirish ishlari olib borilib, gullar sug'orilmoqda.

❗️Eslatib o'tamiz, Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan soat 18:00dan 08:00gacha gul va daraxt ko'chatlari muntazam sug'orilib kelinmoqda. Bugun tungi navbatchilikka 4 ta transport va 8 nafar ishchi xodim jalb etilgan.


🌐
@ohangaronshahar
👍24👀2
#ЭЪЛОН
Оҳангарон шаҳар «Хонобод» жоме масжидида Қурбон ҳайити намози соат 5:15 да ўқилади.
👍15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📡 Ohangaron shahrida Yuz bilan yuzlashganlar “NurafshonTV” nigohida


🌐
@ohangaronshahar
👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muborak Qurbon hayiti arafasida davlatimiz rahbari Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.


🌐
@ohangaronshahar
👍4
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍6
Ohangaron shahar hokimi Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevichning Ohangaron shahar xalqiga Qurbon hayiti tabrigi


Mana shu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga toʻlib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni, iymon-eʼtiqodli xalqimizni ulugʻ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Alloh tomonidan aziz va mukarram qilib yaratilgan insonni, uning shaʼni, qadr-qimmati va hurmatini ulugʻlash kabi muqaddas tushunchalarni oʻzida aks ettirgan ushbu bayram yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, xalqimizni hayotdan rozi qilish borasida olib borayotgan keng koʻlamli islohotlarimizning maʼno-mazmuniga har tomonlama uygʻun va hamohang ekani bilan ham eʼtiborlidir.

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Alloh taolo goʻzal diyorimizni, olijanob va bagʻrikeng xalqimizni hamisha oʻz panohida asrasin!


🌐
@ohangaronshahar
👍35👏2🏆2🥰1
Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!

O'z huzurida eng ulug' kunlarni bizga bayram qilib bergan Robbimiz Alloh taologa hamdu sanolarimiz bo'lsin! Ushbu qutlug' kunlarni qanday o'tkazishning ta'limini bergan payg'ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vassalamga salovatlarimiz bo'lsin!

Assalomu alaykum, hurmatli hamshaharlar, aziz qadrdonlar! Sizlarni hamda sizlar orqali oila a'zolaringiz va yaqinlaringizni o'zida islom dinining ezgu g'oyalarini yaqqol ifoda etuvchi bayramimiz Qurbon hayiti bilan Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputatlari nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizlarga oilaviy baxtu-saodat, sihat-salomatlik, dinu dunyo ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov

Kanalga ulanish
3👍2
Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasi jamoasi aziz yurtdoshlarimizni Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi.


🌹 Sizlarga ushbu bayramni oila a’zolaringiz, do‘stlar va yaqinlar bilan birga fayzli va mazmunli o‘tkazishingizni tilaymiz.

🌸 Aziz xalqimizning ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin, aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo'lsin. Barchangizga sog'lik-salomatlik tilaymiz.


🌐
@ohangaronshahar
👍4
⚡️ Energotejamkor qurilmalarni oʻrnatgan isteʼmolchilarga tarif chegirmasi beriladi.

Isteʼmolchiga eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirganlik uchun 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi, bunda chegirmali tarifda hisob-kitob qilinadigan elektr energiyasining miqdori iqtisod qilingan energiya hajmiga teng boʻladi.


🌐
@ohangaronshahar
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Gʻazo sektoridagi vaziyat haqida munosabat bildirdi


🌐
@ohangaronshahar
👏5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qurbon hayiti – inson qadri ulug'lanadigan ayyom


🌙 Bayram kunlarida oila davrasida, yaqinlar, yoru-do‘stlar, qarindosh-urug'lar bilan huzur qilib, ulug' ayyomni nishonlash uchun ajoyib imkoniyat. Nuroniylarning ko'ngliga yo'l topish, shirindan shakar bolajonlarimizga hayitliklar ulashish, bayram ne’matlari bilan qo‘ni-qo‘shni va miskinlarni yo'qlash insonni qadrlashning aynan o'zidir.

⚡️ Ohangaron shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev va hokim o'rinbosari Zufar Karimov Qurbon hayiti munosabati bilan shahrimiz aholisi holidan xabar oldi va xalq bilan samimiy suhbat qurib, ularni bayram bilan tabrikladi. Ular orasida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ham bor edi. Xalq uchun xizmat qilayotganlar hech qachon e'tibordan chetda qolmaydi — deydi shahar hokimi.


🌐
@ohangaronshahar
👍17🔥21👎1👏1
❗️Ayni damda Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahrimizda keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.


🌐
@ohangaronshahar
👍22👎21🏆1