Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
41.4K photos
2.68K videos
69 files
9.45K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 22-dekabrdagi 50-son bayonidagi Respublika maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida maʼnaviy maʼrifiy, madaniy, ommaviy sport tadbirlarini mahallalarda oʻtkazilishi belgilangan.

⚡️ Bayon ijrosini taʼminlash maqsadida Ohangaron shahar Madaniyat boʻlimi tomonidan "Milliy qadriyatlar bilan maʼnaviy kamolot sari" mavzusida madaniy maʼrifiy, sport tadbiri 2-sektor hududidagi "Namuna" MFYda boʻlib oʻtdi.


🌐
@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TAJOVUZKOR INSON, MUSULMON UMMATIDAN EMAS!


🌐
@ohangaronshahar
🗓 Payshanba - sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini o'rganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham o'rganiladi.

⚡️ Bugun Ohangaron shahar hokimi Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich tomonidan shahrimizda joylashgan "Mega Ceramic Group" MCHJ korxonasida "eksport" masalasi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🌏 Uchrashuv davomida investorlarga  yangi istiqbolli loyihalar ishlab chiqish haqida so'z bordi.

🏭 Shahar hokimi va mutasaddilar korxona rahbarlari bilan suhbatlashib, eksport xajmini oshirishni, bu orqali yurtimizga kirib keladigan investitsiya miqdorini koʻpaytirish, ish oʻrinlarini yaratish, budjetga qo'shimcha tushumlarni oshirish lozimligini taʼkidladi.


🌐
@ohangaronshahar
⚡️ Bugun Ohangaron shahar IIB boshlig'i Fayzulla Ismoilov tаshabbusi bilan shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida 3-sektorga qarashli Bolalar musiqa va san'at maktabida ishsiz, uyushmagan yoshlar, xotin-qizlar uchun "mehnat yarmarkasi" tashkillashtirildi.

🔥 Shahar hokimi Muzaffar Erkaboyevich yarmarkani ochib berib, yoshlarga yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini lozimligini ta'kidladi.

💼 Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida shahrimizda faoliyat yuritayotgan 9 tа korxona va tashkilotlar 100 dan ziyod bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashishdi.


🌐
@ohangaronshahar