Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.74K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
⚡️ Bugun Ohangaron shahar 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida otalar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni maktab direktori Erkaboyev Ziyod Toxirovich kirish so'zi bilan ochib berdi. 2023-yil 31-avgustdagi Umumiy o’rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan na’munaviy odob-ahloq qoidalarini   tasdiqlash to’g’risidagi 282-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida o’quvchilarga odob-ahloq qoidalari haqida ma’lumot berdi.

Yig'ilishda Ohangaron shahar prokuror yordamchisi E.Eshonqulov va K.Kamolov, Toshkent viloyati milliy gvardiya boshqarmasi xodimi D.T.Raxmonov, Ohangaron shahar IIB katta inspektori, kapitan I.A.Boboraximov, deputat J.Yo'ldoshev va "Umid" MFY raisi F.Akilov qatnashdi. Yig'ilishda o'quvchilar davomati, o'quvchilarning ichki odob-ahloq qoidalariga rioya qilishi, kelajakda yaxshi kasb egasi bo'lishi, o'quvchilarning ta'lim tarbiyasida ota-onalarning mas'uliyati hamda javobgarligi kabi masalalar muhokama qilindi.


🌐
@ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#Kayfiyat

Toshkent viloyati "Yoshlar kundaligi" rahbari Dilshoda Annayeva bugun o'z mahallasida farzandi bilan milliy Qorbobo
yasabdi. Qorboboga esa gap yo'q 👍


🌐
@ohangaronshahar
⚡️ Bugun Ohangaron shahar 1-maktabda otalar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🏢 Yig'ilishni maktab direktorining MMIBDO' H.B.Jo'rayev kirish so'zi bilan ochib berdi. 2023-yil 31-avgustdagi Umumiy o’rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan na’munaviy odob-ahloq qoidalarini   tasdiqlash to’g’risidagi 282-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida o’quvchilarga odob-ahloq qoidalari haqida ma’lumot berdi. Yig'ilishda Ohangaron shahar prokurori katta yordamchisi B.Buxarov, Toshkent viloyati milliy gvardiya boshqarmasi xodimi Q.A.Turg'unov, "Mustaqillik" MFY raisi X.Raximov, "Yoshlik" MFY raisi A.Qoraboyev, "Adolat" MFY raisi SH.Usmonov, "Guliston" MFY raisi F.Raimkulovlar qatnashdi. Yig'ilishda o'quvchilar davomati, o'quvchilarning ichki odob-ahloq qoilariga rioya qilinishi, kelajakda yaxshi kasb egasi bo'lishi, o'quvchilarning ta'lim tarbiyasida ota-onalarning mas'uliyati hamda javobgarligi kabi masalalar muhokama qilindi.


🌐
@ohangaronshahar
🎉 TABRIKLAYMIZ!

💼 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati va tadbirkor Mirzayev Oybek Adxamovichning tavallud ayyomlari bilan samimiy tabriklaymiz.

Umringiz uzoq, martabangiz bundan ham ulug‘ bo‘lsin. Oilangiz va barcha yaqinlaringiz baxtiga sog‘-salomat bo‘ling. Barcha ezgu  ishlaringizda omadlar tilaymiz.

🏢 Ohangaron shahar hokimligi jamoasi


🌐
@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖋 "Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror tasdiqlandi.

🦿Xo‘sh, endilikda  muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlash tizimida qanday o‘zgarishlar  bo‘ladi?


🌐
@ohangaronshahar
⚡️ Ohangaron shahar elektr ta’minoti ogohlantiradi

💡Ohangaron shahar elektr ta'minoti ogohlantiradi. 04.03.2024-yil soat 12:00dan 14:00gacha 35 kV L-Zarbdor yacheykasida yuzaga keladigan avariyani bartaraf etish uchun quyidagi hududlarda vaqtinchalik elektr ta'minoti toʻxtatiladi: "Birlik", "Iloq", "Vatan", "Navbahor", "Ohunboboyev", "Shodlik", "Orzu", "Umid", "Yangilik", "Doʻstlik", "Qoʻrgʻon", "Yangiobod" MFYlarda elektr ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi.

Tel: 706453200


🌐
@ohangaronshahar
⚡️ Bugun shahar hokimligi katta majlislar zalida shahar hokimi Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich boshchiligida joriy haftadagi vazifalarni belgilab olish hamda muhim masalalar muhokamasiga bag'ishlangan navbatdagi "Hokimlik soati" o'tkazildi.

🏢 Sektor rahbarlari, hokimlik apparat xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari va "mahalla yettiligi" ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda kun tartibiga kiritilgan bir qator masalalar muhokama qilindi hamda shahar hokimi tomonidan mazkur yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar tanqid qilinib, mas'ullarga kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘i berildi va belgilangan vazifalar bajarilmagan taqdirda qat'iy choralar ko'rilishi to'g'risida ogohlantirildi.


🌐
@ohangaronshahar