Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Live

Chirchiqda taʼlim Kengashining yigʻilishi oʻtkazilmoqda

Ayni paytda Chirchiq shahrida viloyat Taʼlim kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, sektor rahbarlari qatnashmoqda.


🌐 @ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ OTMga kirishda eng yuqori natija qayd etgan Ohangaron, Nurafshon va Angren shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirlariga 12 mln soʻmdan mukofot beriladi

Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar va xodimlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.


🌐
@ohangaronshahar
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati maktab direktorlariga chaqiriq tashladi: “Hammaga 300 million soʻm beraman”

🙅‍♂️Toshkent viloyatida “Telefonsiz maktab” tashabbusi ilgari surildi.

‼️Oʻqituvchilar va oʻquvchilar telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million soʻm pul mukofoti beriladi.

🔰Bu tashabbus ayni paytda davom etayotgan taʼlim kengashi yigʻilishida aytilgan.


🌐
@ohangaronshahar
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko'rsatish masalalari bo'yicha doimiy komissiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda tegishli mas'ullarning hisoboti eshitilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yig'ilishda fuqarolarning uy-joy masalalari bo'yicha murojaatlari ko'rib chiqildi.

Ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Kanalga ulanish
⚡️ Bugun Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi majlislar zalida Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2024-yil 12-yanvardagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish to‘g‘risida”gi 3-XS-sonli buyrug’i “Tibbiy brigada”lar  faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, aholi o‘rtasida xatlovlarni to‘g‘ri tashkil etish  va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha seminar tashkillashtirildi.

Seminar Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh hamshirasi D.S.Saydullayeva, Viloyat perinatal markazi bosh hamshirasi K.O.Akromova, Zangiota tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi D.Mannopova, Viloyat 2-sonli ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori S.M.Malikov  boshchiligida o‘tkazildi.

💫 Seminar davomida birlamchi tibbiy yordamni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha tushunchalar berildi.


🌐
@ohangaronshahar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martda "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi yuzasidan bugun shahar Moliya bo'limining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi bo'yicha amalga oshirilgan ishlari o'rganildi. O'rganish davomida tashkilotning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul xodimiga sohani yanada rivojlantirish uchun qo'shimcha bilim, ko'nikmalar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.


🌐 @ohangaronshahar