Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.4K photos
2.53K videos
67 files
8.88K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Strategiya

✔️ Farmonga koʻra, 2024-yil 1-martdan:

🔸“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga oʻqitish maqsadlariga yoʻnaltiriladi;

🔸yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha “Ustoz” maxsus platformasi ishga tushiriladi va dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoshlar qamrab olinadi;

🔸yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga oʻrgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi va bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, oʻquv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etiladi.


🌐
@ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muammo_nimada

Davlat organlari va tashkilotlarida ish vaqti, mehnat meʼyorlariga rioya qilish

Ushbu tartib - samarali davlat xizmatini koʻrsatishning asosiy omillaridan biri. 

Hurmatli rahbarlar, siz rolikda koʻrsatilgan qaysi bir tashkilotni boshqaryapsiz?

Qadrli davlat xizmatchisi, sizchi, ushbu qahramonlarimiz holati va natijalarini koʻrib, qaysi birida oʻzingizni koʻrdingiz...

◽️ Xulosa chiqarish oʻzimizdan...


🌐
@ohangaronshahar
TAYINLOV

Ohangaron shahriga hokim tayinlandi

Muzaffar Rajabboyev Ohangaron shahar hokimi etib tayinlandi.

M.Rajabboyev 1984-yilda Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007-yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2019-yilda Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


🌐
@ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nuroniy_jamgʻarmasi

⚡️ “Nuroniy” jamgʻarmasi shahar boʻlimi va Toshkent viloyati “Yoshlar Texnoparki” bilan hamkorlikda “Maʼrifatparvar ajdodlarimizning merosini oʻrganish va targʻib etish maqsadida ”Abdulla Avloniy" bobomiz haqidagi filmni namoyish etamiz.

Ushbu film 27-fevral soat 10:00da "Texnopark" binosida namoyish etiladi.

🔥 Barcha Ohangaron shahar aholisini taklif etamiz.


🌐
@ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘OLIB MAKTAB JAMOALARI ANIQLANDI

📍Ohangaron shahar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarorlari asosida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining shahar bosqichi 2024-yil 26-fevral kuni Ohangaron shahar 2-IDUMda bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirok etgan 8 ta maktab jamoasi orasida,
🥇 3-maktab jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib 100 million so‘m;
🥈 2-IDUM jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritib 75 million so‘m;
🥉 5-maktab jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritib 50 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘lishdi.



🌐 @ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonda taqiqlangan guruhlar faoliyati dunyo hamjamiyatida ham man etilmoqda


🌐
@ohangaronshahar
Оҳангарон ҳаёти 7-сони.pdf
8.3 MB
⚡️ "Ohangaron hayoti" gazetasining 7-soni chop etildi.

📄 “Yoshlar bilan qo'lni - qo'lga berib, ulkan marralarni zabt etamiz”- deb oldiga katta-katta rejalarni maqsad qilgan Ohangaron shahar "Bo'ston" MFY yoshlar yetakchisi Kurbanova Feruza haqida 3-sahifada tanishing


🌐 @ohangaronshahar