Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.69K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Imkoniyati cheklangan bolalar boradigan 112 ta maktab va 74 ta bogʻchadagi taʼlim dasturini qayta koʻrib chiqish, maktablarni inklyuziv taʼlimga moslashtirish dasturini amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Nogironligi boʻlganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Paralimpiya qoʻmitasi, tegishli sport federatsiyalari, Oʻzbekiston maxsus olimpiadasi Assotsiatsiya tarkibiga kiradi.

Assotsiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shugʻullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini oʻtkazib
boradi.


@ohangaronshahar
Davlatimiz rahbari nogironligi borlar hayoti va erishgan yutuqlari toʻgʻrisida taʼsirchan mediakontent, filmlar tayyorlash muhimligini taʼkidladi.

Telekanallarda informatsion, ayniqsa, bolalar dasturlari efirining muayyan qismini surdotarjima, subtitr yoki “yuguruvchi satr” bilan namoyish etish zarurligi qayd etildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlar qalbida oʻziga ishonch va qatʼiyat tuygʻusini oshiradigan badiiy asarlar yaratilsa, maqsadga muvofiq boʻlishi
taʼkidlandi.


@ohangaronshahar
Bundan buyon joylarda vasiylik, homiylik, patronatga olingan hamda oilaviy bolalar uylaridagi bolalar bilan mahalladagi ijtimoiy xodimlar shugʻullanishi belgilandi.

Ular ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar bola oldidagi majburiyatini qay darajada bajarayotganini monitoring qilib, baholab boradi.

Buning uchun hokimliklar huzuridagi Vasiylik va homiylik komissiyalari tugatilib, ularning vakolati “Inson” markazlariga
oʻtkaziladi.


@ohangaronshahar
Sogʻligʻi, hayoti xavf ostida boʻlgan, yetim va nazoratsiz qolgan bolalarni qaramogʻiga olish boʻyicha “ixtisoslashgan tutingan oila” tizimi joriy etiladi.

Tutingan oila maxsus sertifikatga ega 30 yoshga toʻlgan odamlar tomonidan tashkil etilib, unga 3-5 nafargacha bolalar qabul qilinadi.

Ixtisoslashgan 160 ta taʼlim muassasasida bosqichma-bosqich “gʻamxoʻrlik” guruhlari tashkil qilinadi. Yaʼni, ogʻir kasalligi bor bolalarga shu guruhlarda qarash orqali, ota-onalariga ishlashi uchun sharoit yaratib beriladi.

Ota-onasidan ayrilgan yoshlarni hayotda oʻz oʻrnini topib ketishi uchun koʻmaklashish tizimi ham oʻzgaradi. Endilikda “Yoshlarga hamrohlik” dasturi asosida bunday yoshlarni qoʻllab-quvvatlash 23 yoshgacha etib belgilanadi
(hozirda 18 yosh).


@ohangaronshahar
Yigʻilishda Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari ishini oʻzgartirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Bu markazlarni tarbiyasi ogʻir bolalarning muammolari bilan ishlab, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish boʻyicha kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatadigan maskanga aylantirish lozimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga bunday markazlarni “Hayot maktabi” sifatida qayta tashkil etish
topshirildi.


@ohangaronshahar
Yetim va ota-ona qaramogʻisiz boʻlgan yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarishiga koʻmaklashish uchun ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish, dehqonchilik uchun yer berish muhimligi taʼkidlandi.

Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum boʻlgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.

Bunday yoshlarga uy-joy berish tizimi ham tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda “Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar roʻyxati shakllantiriladi, ularga beriladigan uy-joyning narxi bozor bahosidan kelib chiqib, hududlar kesimida belgilanadi. Shundan kelib chiqib, joriy yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar 140 milliard soʻmga yetkaziladi.

Mutasaddilarga 1-iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlash
topshirildi.


@ohangaronshahar
Voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh bilan bogʻliq kelajak avlod salomatligiga salbiy taʼsir qilayotgan holatlarning oldini olish, buning oqibatlarini tushuntirish borasida ishlar lozim darajada olib borilmayotgani qayd etildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda oila va xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ayollarni zoʻravonlik va tazyiqdan himoya qilish tizimi ancha kuchaytirildi. Lekin bunday holatlar hali ham uchrab turibdi.

Zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar reabilitatsiya bilan yetarlicha qamrab olinmagani qayd
etildi.


@ohangaronshahar
Ayollar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalash boʻyicha mahalla darajasida alohida tizim yaratilishi belgilandi.

Tazyiqqa uchragan ayollar reyestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat koʻrsatish tizimi joriy qilinadi.

Har bir tuman shifoxonasida zoʻravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam koʻrsatish uchun tunu kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi.

Qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Yigʻilishda soha uchun masʼullar va hududlar rahbarlarining hisoboti
tinglandi.


@ohangaronshahar
Rasmiy ma’lumot

Bugun, 20-fevral kuni tahminan soat 08:00 larda Olmaliq shahar Sanoat zonasi hududida joylashgan yangi qurilayotgan “3-sonli Misni boyitish fabrikasi”da birlamchi ma’lumotga ko‘ra temir konstruksiyalari surunkali qor yog‘ishi natijasida qulab tushgan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida voqea joyida quruvchi kompaniyasining 32 nafar ishchilari (barchasi 🇮🇳Hindiston fuqarolari) jabrlangan, ulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini joyida o‘rganish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida mas’ul tashkilotlar ishtirokida ishchi guruhi tuzilgan.


@ohangaronshahar
Forwarded from Sunnat Saparaliyev 🇺🇿 (Sunnat Saparaliyev)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ota-onalar bilan yig'ilishda dunyoqarashni o'zgartirish kerakligi va farzandlar uchun sharoit yaratishga ko’proq urg’u qaratish lozimligini ta’kidladi.


Kanalga ulanish:⤵️
https://t.iss.one/Sunnat_Saparaliyev_1222
Kun qahramonlari

❄️ Havo harorati pasayib, qor yog‘ishi natijasida transport qatnovi yo‘llari ham qor bilan qoplandi. Bu esa haydovchilar va piyodalar qatnoviga noqulaylik tug‘diradi.

⚡️ Shu bois Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasi barcha xodimlari shahrimizning markaziy hamda ichki ko‘chalariga qum va tuz aralashmasi sepishga hamda qorlarni tozalashga jalb etildi. Endilikda bu fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnati sabab noqulay ob-havo sharoitida ham yo’llarda qiyinchiliksiz harakatlanish mumkin.


@ohangaronshahar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-sonli Qarori ijrosi yuzasidan bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi tomonidan shahar "Vatanparvar" tashkilotida ma'naviy-ma'rifiy ishlar holati o'rganildi. O'rganish davomida tashkilotda faoliyat yuritayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul xodimga sohani rivojlantirish bo'yicha bilim, ko'nikmalar  berildi.


@ohangaronshahar