Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
⚡️ Bugun Ohangaron shahar hokimligi Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar, sababsiz darslarga qatnashmay yurgan oʻquvchilarni taʼlimga jalb etish hamda ota-onasi bilan xorijga chiqib ketayotgan voyaga yetmaganlarni oʻquvchilar safidan chiqarish boʻyicha masalalar muhokama qilindi. Muhokama jarayonida 3 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasi farzandlari tarbiyasiga eʼtiborsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi MJTKning 47-moddasi bilan jarima jazosi tayinlangan, 2 nafar voyaga yetmaganlar yakka tartibda ish olib borish uchun profilaktik roʻyhatga olindi.


@ohangaronshahar
Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan temir beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Shahar hokimi tegishli tashkilot rahbarlari bilan birga Toshkent yo‘li koʻchasining arxitekturaviy ko‘rinishini yaxshilash jarayonini ko'zdan kechirdi.

🔘Bekobod tumani. "Bobur Mirzo" mahallasini shaharchaga aylantirish rejalashtirilmoqda.

🔘Ohangaron shahri. Tegishli mutasaddilar tomonidan mahallalarda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi.

🔘Chinoz tumani. Tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘lining 847-871 km oralig‘idagi qismida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimining xalq qabulida kelib tushgan murojaatlarga koʻra, "Uchchinor" mahallasiga elektr simlar tortib berildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi “Shodlik” mahallasi hududidagi poliklinika hamda Eko-bozor qurilishini ko’zdan kechirdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
⚡️ Ayni damda yurtimizda havo harorati keskin sovib ketishi munosabati bilan Ohangaron shahar hokimi v.v.b Alisher Adiljanovich boshchiligida shahardagi kommunal tashkilotlarning navbatchilik guruhlarining faoliyati o'rganilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

📌 Shuningdek, shahar tibbiyot birlashmasidagi bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Shu bilan birga shahardagi 9 ta umumiy ovqatlanish joylari o'rganilib, FVBga aniq ko'rsatmalar berildi.


@ohangaronshahar