Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39K photos
2.51K videos
67 files
8.78K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo‘linmasi, shahar "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, shahar Adliya bo‘limi, shahar Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi, shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, shahar Madaniyat bo‘limi, shahar 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi, shahar Maxsus harbiy maktabi bilan hamkorlikda "Shodlik", "Umid" MFY aholisi va yoshlariga "Yoshlar markazi"da 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” nom berilishi munosabati bilan "Yoshlar bizning kelajagimiz!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

⚡️Tadbirda so‘zga chiqqanlar aholi va yoshlarga mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordilar. Tadbir davomida Madaniyat bo‘limi xodimlari va 6-sonli BMSM bolajonlari tomonidan milliy kuy va qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. Maxsus harbiy maktab kursantlari harbiy chiqishlarni namoyish etdilar. Tadbir barcha mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.



@ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

☀️🌥🌧 Bugun Toshkent viloyatida qor yogʻishi, tuman tushishi kutilmoqda


Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 30-yanvar kuni Toshkent viloyatida  havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Harorat kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.


@ohangaronshahar
2024-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:

aholi soni – 36,8 mln kishi;
ayollar soni 18,3 mln kishi;
erkaklar soni – 18,5 mln kishi;

shaharda yashovchilar – 18,8 mln kishi;
qishloqda yashovchilar – 18 mln kishi;

nikohlar soni 283,8 mingta;
nikohdan ajralishlar soni – 49,2 mingta.

Umumiy migratsiya:

ko‘chib kelgan – 218,8 ming kishi;
ko‘chib ketgan 233,2 ming kishi.

Shundan, tashqi migratsiya:

ko‘chib kelgan 2,9 ming kishi;
ko‘chib ketgan – 17,3 ming kishi.


@ohangaronshahar
Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) qanchaga o‘sdi?

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM hajmi 5,0 %ga o‘sdi va 107 918,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.


@ohangaronshahar
⚡️ Bugun Ohangaron shahar "Qo'rg'on" MFYda “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolarining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi va "Qo'rg'on" MFY xodimlarining hisobotlari tinglandi.

Yig'ilishda "Qo'rg'on" MFY raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va soliq inspektorlarining 2023-yilda olib borilgan ishlari yuzasidan mahalla aholisiga oʻz hisobotlarini taqdim etishdi. Yigʻilish davomida fuqarolarning fikr mulohazalari oʻrganilib, mavjud masalalarning bajarilishi belgilab olindi. “Keksalar maslahati” guruh rahbarligiga Zarifaxon Baxodirova saylandi.


@ohangaronshahar
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining
2024-yil 11-yanvardagi 16-52-son topshiriq xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF209-son Farmoni hamda PQ-402-son Qarorining mazmun mohiyati
hamda ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish bo‘yicha “mahalla yettiligi” uchun alohida o‘quv seminari tashkil etish belgilangan.

⚡️ Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Ohangaron shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Texnika universitetining Olmaliq filialida hududiy trenerlar tomonidan Ohangaron shahar “mahalla yettiligi” uchun o‘quv seminari tashkil etildi.


@ohangaronshahar