Оhangaron shahar hokimligi
3.68K subscribers
38.4K photos
2.47K videos
67 files
8.62K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
⚡️ Ohangaron shahrida mahalla tizimi xodimlari va masʼul xodimlarga seminar tashkil etildi.

📝 Seminarda shahar hokimi Akrom Eshonqulov ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2023-yildagi PF-209-sonli Farmoni mazmun mohiyati mahalladagi yettilikning boshqaruv tizimi takomillashtirishga doir bir qancha vazifalar tushuntirildi.

📑 Qaror va Farmonda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, soliq inspektorining fuksional vazifalari yig’ilish qatnashchilariga batafsil tushuntirildi.

📎 Seminarda mahalla yettiligi o’zaro hamkorligini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va masʼullarga "Mahalla yettiligi"ga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan jadval bilan tanishtirildi.



@ohangaronshahar
#jarayon

⚡️ Ohangaron shahar 4-sektor hududidagi "Birlik" MFYda sektor rahbari A.Mo'minov mahallada sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig'ilishi o'tkazdi.

📌 Yig'ilishda bundan keyin sodir etilgan jinoyatlarni muhokama qilishdan, jinoyat sodir etilgunga qadar oldini olish va bunda jamoatchilik vakillarini rolini oshirish bo'yicha  ko'chaboshlari va mahalla faollari bilan kelishib olindi.


@ohangaronshahar
⚡️ Bugun Ohangaron shahar IIB, 3-sektor rahbari F.Ismoilov  tomonidan Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda "Iloq" MFY binosida ommaviy sayyor qabul, boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi va tibbiy koʻrik tashkil etildi. Tadbirni shahar hokim A.Eshonqulov ochib berdi.

Sayyor qabulda 11 ta fuqarolardan murojaatlar olindi. Murojaatlarning 4 tasi joyida qanoatlantirildi. Muddat talab qiladigan 7 ta murojaatlar ijrosi nazoratga olindi. Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar bilan suhbatlashib, muammolari o'rganildi.

Shuningdek, tashkil etilgan mehnat yarmakasida 10 dan ortiq korxonalar 50 turdagi boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkada 20 dan ortiq ishsiz yoshlar, xotin-qizlar qatnashdi. Ularning 4 nafariga ishga joylashish uchun mehnat organi tomonidan yoʻllanma berildi. 3 tasi shu joyning oʻzida ishga joylashtirildi.

🩺 Bundan tashqari 30 dan ortiq fuqarolar kardiolog, okulist, pediatr va boshqa masʼul shifokorlar koʻrigida boʻlib, UZI va EKG tekshiruvlaridan oʻtishdi.


@ohangaronshahar
👨‍👩‍👦 Til o'rganish yosh tanlamaydi va aksincha istalgan yoshda bir nechta tillarni o'rgana olasiz, bunga yaqqol misol qilib Ohangaron shahar mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarini ko'rsatsak bo'ladi.

🇺🇿 Ohangaron shahar "Iloq" MFY yoshlar yetakchisi Tursunov Asadbek "Ibrat academy" ilovasi orqali rus tili va ingliz tili kursini muvaffaqiyatli ravishda o'rganib, sertifikat sohibi bo'ldi.


@ohangaronshahar