Оhangaron shahar hokimligi
3.68K subscribers
38.4K photos
2.47K videos
67 files
8.62K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Bilasizmi

Davlatimiz rahbarining topshirigʻi bilan mahallalarda “yettilik” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularga quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:

Mahalla raisi – ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga koʻmaklashish;

Hokim yordamchisi – ishsizlarga ish topishga koʻmaklashish;

Yoshlar yetakchisi – yoshlarni sport, musiqa va toʻgaraklarga jalb etish;

Xotin-qizlar faoli – ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

Profilaktika inspektori - mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;

Soliq xodimi – mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish;

Ijtimoiy xodim – yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi aniq vazifalar bilan shugʻullanish.

@ohangaronshahar
❗️Yangi yilni yangi ish bilan boshlang!

⚡️ Ohangaron shahar IIB, 3-sektor rahbari F.Ismoilov tashabbusi bilan 2024-yil 23-yanvar kuni soat 10:00da shahrimizdagi "Iloq" MFY binosida Mehnat yarmarkasi va tibbiy ko'rik o‘tkaziladi.

❇️ Yarmarkada kollej, kasb-hunar maktabi, texnikum, maktab va oliy ta’lim bitiruvchilari va boshqa toifadagi band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Yarmarkada ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish tanlang!


@ohangaronshahar
Bugun Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo'linmasi, shahar Adliya bo‘limi, "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda "Adolat", "Baxt", "Yoshlik" MFY o‘quvchi yoshlariga 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" nomiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

❇️ Tadbirda shahar "Nuroniylar jamg‘armasi" bo‘limi faol a'zosi, ko‘p yillar ta'lim va huquq tizimida samarali mehnat qilgan nuroniy F.Pardayev, shahar "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zosi B.Bakkarayeva, shahar Adliya bo‘limi xodimi B.O‘smanovlar yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida targ'ibot ishlarini olib bordilar hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblarni berdilar.



@ohangaronshahar
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘O'rta Chirchiq tumani. "Oq ota" mahallasida yashovchi oila vakillari tikuvchilik bilan shug‘ullanib, oila byudjetiga qo‘shimcha daromad keltirmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi rahbarligida “Sultonravot” madaniyat markazida navbatdagi faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Nurafshon shahri. Shahardagi mahallalarning yoshlar yetakchilari xatlov jarayonlarini olib bormoqda.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimi hamda prokuror ishtirokida hokimlik binosida ijro intizomi masalalariga bagʻishlangan yig’ilish o’tkazildi.

🔘Chinoz tumani. "Rasulobod" mahallasida sog’lom turmush tarzini keng targʻib qilish doirasidagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

🔘Bo'ka tumani. Tuman hokimi boshchiligida turli masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" yig'ilishi o'tkazildi.

🔘Yangiyo'l shahri. Boʻlib oʻtgan yigʻilishda kun tartibidagi dolzarb masalalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimi boshchiligida, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida tahliliy ruhdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi boshchiligida, quruvchi tashkilotlar, mahalla raislari hamda mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
⚡️ Ohangaron shahrida mahalla tizimi xodimlari va masʼul xodimlarga seminar tashkil etildi.

📝 Seminarda shahar hokimi Akrom Eshonqulov ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2023-yildagi PF-209-sonli Farmoni mazmun mohiyati mahalladagi yettilikning boshqaruv tizimi takomillashtirishga doir bir qancha vazifalar tushuntirildi.

📑 Qaror va Farmonda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, soliq inspektorining fuksional vazifalari yig’ilish qatnashchilariga batafsil tushuntirildi.

📎 Seminarda mahalla yettiligi o’zaro hamkorligini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va masʼullarga "Mahalla yettiligi"ga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan jadval bilan tanishtirildi.



@ohangaronshahar