Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Mahallada_duv_duv_gap
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jondir

Bugun Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo'linmasi, shahar Mudofaa ishlari bo‘limi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, shahar Milliy gvardiya bo‘limi, shahar Maxsus harbiy maktabi bilan hamkorlikda "Guliston" MFY, 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchi yoshlariga "XALQ VA ARMIYA-BIR TANU, BIRJONDIR" ezgu g‘oyasi asosida "Armiya, vatanparvarlik va jasorat maktabi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

❇️ Tadbirda shahar Milliy gvardiya bo‘limi otryad komandiri o‘rinbosari Sh.Toxirov, shahar Harbiy maktab rahbari S.Raximov o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida targ'ibot ishlarini olib bordilar. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

RMMM Ohangaron shahar bo'linmasi


@ohangaronshahar
#Табрик
#Шукуҳ

Оҳангарон шаҳар ҳокими Эшонқулов Акром Жўраевич сана муносабати билан соҳа вакилларига табрик йўллади.

Табрик матнини тўлиқ ўқиш учун 👉
БАТАФСИЛ сўзини босинг!


@ohangaronshahar
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

🇺🇿Vatan himoyachilari kuni barcha vatanimiz himoyasi va rivojida turli xil kasblarda xizmat koʻrsatayotgan Oʻzbekiston oʻgʻlonlariga muborak boʻlsin!

Bugun nafaqat harbiylar yoki harbiy soha vakillari bayrami, balki yurtimizning barcha er yigitlari bayrami.

Bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etaman.  Mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik va farovonlik tilayman

Bayram muborak!
Tinchligimiz abadiy boʻlsin!
Hurmat bilan,


Guljahon JIYANOVA,  OʻZLIDEP Ohangaron shahar Kengashi apparat rahbari.


@ohangaronshahar
Bayramingiz muborak Vatan himoyachilari

Bugun 14-yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. 1993-yil 29-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon  qilingan.  Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir.

Ushbu sharafli vazifani harbiylarimiz va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari amalga oshiradilar. Ularning kechani kecha, sovuqni sovuq demay yurt himoyasi, uning osoyishtaligi uchun qalqon bo'lishlari sabab bugun barchamiz tunlari  orom olib, kunduzlari xotirjammiz. Shu sababli ham ularni qancha ulug'lasak, qancha e'zozlasak shuncha oz.  

Fursatdan foydalanib, mamlakatimizdagi barcha harbiylarni va huquq-tartibot idoralari xodimlarini bayram bilan muborakbod etaman!

Hurmat bilan, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov

Kanalga ulanish
#Нуроний_жамғармаси

⚡️🇺🇿⚡️Ватанимиз тинчлиги, тараққиёти ва халқимиз фаровонлиги йўлида хизмат қилаётган, хисса қўшаётган ва дуолар қилаётган барча юртдошларимизга, хусусан, Нуроний отахон ва онахонларимизга БАЙРАМ МУБОРАК БЎЛСИН!⚡️🇺🇿⚡️

@ohangaronshahar
#Tabrik

Aziz hamshaharlar, kelajagimiz sarhadlarida sergak turgan Vatanimiz posbonlari barchangizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni  munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Yurtimiz taqdiri, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mashaqqatli mehnatlaringizda ulkan sabot tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to'kin-sochin bo'lsin! Omad, baxt, quvonch siz-u bizni aslo tark etmasin!

J.T.Sodiqov, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi boshlig'i o'rinbosari.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Tabrik

Biringiz oʻgʻilsiz, biringiz yorsiz
Biringiz inimsiz, ishda hamkorsiz
Ogʻirimiz yengil qilib doimo
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz.


Oila deb atalmish qo'rg'onning posbonlari-yu, tun-u kunni sarhadlarimizda xalqimiz tinchligi uchun o'tkazayotgan harbiylar, yurtimiz jonkuyarlari!

Aziz Vatan va Oila himoyachilari!

Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Sh.A.Ismatova,
Shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig'i

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Yosh avlodni vatanga boʻlgan sadoqat, mardlik, jasorat ruhida tarbiyalash maqsadida Ohangaron shahar sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan turli sport turlaridan musobaqalar bo'lib o'tdi.

O‘tkazilgan sport tadbirlarida jami 800 nafarga yaqin sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda g’olib va sovrindor bo'lgan ishtirokchilar o'zlarining yo'nalishlari bo'yicha diplomlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
#jarayon
#tahlil

Ayni damda shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida hokimlik binosida  tahliliy ruhdagi yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.


Yigʻilishda mahallalardagi "Mahalla yettiligi" yangicha ish usuli muhokama qilinmoqda.


📘 Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar yuzasidan tegishli soha masʼullari  shahar rahbariga maʼlumot taqdim etmoqda.

@ohangaronshahar