Оhangaron shahar hokimligi
3.6K subscribers
39.2K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Vatan himoyachilari e'tirof etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ohangaron shahar hokimligi tomonidan tantanali bayram tadbiri tashkillashtirildi.

Unda shahar hokimligi mutasaddilari, shahar sektor rahbarlari tomonidan Milliy armiyamizning yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, sarhadlarimiz dahlsizligi, xalqimizning osuda hayotini taʼminlashga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh harbiylar, Prokuratura organi xodimlari, Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda yoshlar yetakchilariga bayram sovg‘alari va tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbiri Madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlariga ulanib ketdi.

@ohangaronshahar
🗣 Пенсия миқдори ойлик иш ҳақи ва иш стажига боғлиқ.

Фуқаролар бир хил иш стажига эга бўлган ҳолда, лекин иш хақи ҳар хил бўлган тақдирда пенсия миқдорлари ҳар хил чиқади.

Иш хақи микдорини аниқлаш учун фуқароларнинг охирги 10 йиллик меҳнат фаолияти давомида ишлаган даврларидан исталган кетма-кет 5 йил олинади.

Яъни, иш стажи бир хил икки фуқаронинг меҳнат фаолиятлари давомида иш хақлари ҳар хил бўлади ҳамда кам иш хақи олган фуқаро албатта кам пенсия билан, иш ҳақи кўпроқ чиққан фуқаро эса кўпроқ пенсия миқдори билан пенсияга чиқади.

📞 11-40     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Birlik" MFY raisi va profilaktika inspektori hududdagi ishlab chiqarish MCHJlari faoliyati bilan tanishib, ish oʻrinlari yaratish yuzasidan MCHJlar rahbariyatining kelgusida qiladigan ishlari bilan tanishdi.
#Mahallada_duv_duv_gap
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jondir

Bugun Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo'linmasi, shahar Mudofaa ishlari bo‘limi, shahar 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi, shahar Maxsus harbiy maktabi bilan hamkorlikda "Oxunboboyev", "Umid" MFY o‘quvchi yoshlariga 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida "XALQ VA ARMIYA-BIR TANU, BIRJONDIR" ezgu g‘oyasi asosida "Armiya, vatanparvarlik va jasorat maktabi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

❇️ Tadbirda shahar Maxsus harbiy maktab rahbari S.Raximov o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida targ'ibot ishlarini olib bordilar. Tadbir davomida maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

RMMM Ohangaron shahar bo'linmasi

@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dada_sizni_yaxshi_ko‘raman

Shahrimizdagi 3-maktabning 4-"A"sinf o'quvchilari "14 yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan otalarini tabriklab, "Dada sizni yaxshi ko'raman" deb nomlangan videorolig tayyorlashibdi.

❇️Videorolik juda ham ta'sirli chiqibdi. Sizlarga ham ilindik☺️

@ohangaronshahar