Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
41.7K photos
2.69K videos
69 files
9.49K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ohangaron_shahar_IMI
#seminar_Jarayon

Bugun shahrimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab -internati tomonidan yangi baholash tizimiga oʻtgan Ohangaron shahar 2-IDUM va Olmaliq shahar 19-umumtaʼlim maktabining pedagog xodimlari uchun "Yangi baholash tizimida fanlarni oʻqitishda yangicha yondashuv va yangi baholash tizimini samarali tashkil etish" mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.
Seminar mashgʻulotlarida jami 40 nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etdi.
Mashgʻulot davomida matematika, fizika, ingliz tili oʻqituvchilari tomonidan loyiha ishlari, amaliy mashgʻulotlarda yangi inovatsiyon metodlardan foydalanish usullari bilan tanishtirildi.

@ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#Mahallada_duv_duv_gap

Bugun Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo'linmasi, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi, shahar "Nuroniylar" jamg‘armasi bo'limi, shahar "Ma'rifat" targ'ibotchilar guruhi, shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi, shahar Yoshlar ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda shahar hududida joylashgan "Qo‘rg‘on" va "Navbahor" MFY fuqarolariga "YANGI HAYOT UCHUN YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap!" nomli ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

❇️ Tadbirda shahar "Ma'rifat" targ'ibotchilar guruhi hamda MFY "Keksalar maslahati" guruhi a'zosi B.Bakkarayeva, S.Shadarova yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida hamda xalqimiz ayniqsa yoshlarimiz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida targ'ibot ishlarini olib bordilar.

Tadbir davomida shoira M.Ahatova o‘zi ijod qilgan she'rlaridan o'qib, mahalla aholisiga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.


@ohangaronshahar
#Jarayon
#Iqtisodiyot


Bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov shahrimiz hududidagi yangi ish boshlagan ishlab chiqarish korxonalarida boʻldi.

Shahar rahbari korxona rahbarlari bilan suhbatlashib, eksport xajmini oshirishni, bu orqali yurtimizga kirib keladigan investitsiya miqdorini koʻpaytirish, ish oʻrinlarini yaratish lozimligini taʼkidladi.

📣 Zavod faoliyati oʻrganilib, tadbirkorlarga shahar hokimi tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.

@ohangaronshahar
Davlat xizmatchilari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

Ularning salomatligi — samarali faoliyati uchun asosdir!

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda viloyat va Ohangaron shahar hokimligi hamkorligida davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.

Ularga salomatligi toʻgʻrisidagi xulosalar, baʼzi holatlarda esa chuqurlashtirilgan koʻrik uchun yoʻllanmalar berilmoqda.

Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va koʻp hollarda oʻz salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun boʻlishmoqda. Yanada muhimi, endilikda ulardagi baʼzi kasalliklarning barvaqt oldi olinishiga ham erishiladi.

Xizmatchilar salomatligini koʻrikdan oʻtkazish jarayonlari joriy yilning 20-fevraliga qadar davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat koʻrsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.

@ohangaronshahar