Оhangaron shahar hokimligi
11.7K subscribers
43.8K photos
2.8K videos
70 files
9.89K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Нуроний_жамғармаси

√ “Нуроний” жамғармаси Республика Бошқарув раиси Содиқжон Турдиев ва вилоятимиз ҳокими Зойир Мирзаевнинг берган тавсиялари асосида янги 2024 йил иш режасида “Нуронийлар маскани”ида ҳар душанба куни "Кексалар маслаҳати" гурухи рахбарларининг йиғилиш куни, йиғилишда ўтган ҳафта хисоботи ва янги хафталик иш режаси тузиш белгиланган.

√ Шу мунособат билан бугун 8-январ куни “Кексалар маслаҳати” гурухи раҳбарларининг йиғилиши бўлиб ўтди.

√ Йиғилишда “Нуроний маскани” биносини кадастр хужжатларини расмийлаштириш, бўш турган хоналардан оқилона фойдаланиш, керакли мебел ва спорт жихозлари билан таъминлаш, бино атрофини темир панжаралар билан ҳимоялаш, шунингдек, Тиббиёт ва ижтимоий хизматлар ҳамда коммунал хизматлар кўрсатишдаги имтиёз ва имкониятлар, маҳаллаларда нуронийларининг роли ва аҳамиятини ошириш юзасидан фикр мулоҳозалар юритилди.

@ohangaronshahar
👍3🤔2
#Ohangaron_shahar
#Mahallada_duv_duv_gap

Bugun Ohangaron shahar hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi, shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi, shahar "Ma'rifat" targ'ibotchilar guruhi, shahar Yoshlar ishlari bo'limi bilan hamkorlikda shahar "Vatan", "Iloq", "Guliston" mahalla fuqarolariga "YANGI HAYOT UCHUN YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap!" ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

❇️ Tadbirda shahar "Ma'rifat" targ'ibotchilar guruhi a'zosi J.Yuldashev yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida hamda xalqimiz ayniqsa yoshlarimiz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida targ'ibot ishlarini olib bordi.

Tadbir davomida shahrimiz shoiralari M.Ahatova hamda D.Erjanovalar o'zlari yaratgan she'rlaridan o'qib, mahalla fuqarolariga yaxshi kayfiyat ulashdilar.

RMMM Ohangaron shahar bo'linmasi

@ohangaronshahar
👍4🤔1🎉1
#Jarayon

Bugun Ohangaron shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim rahbari tomonidan shahar hududida joylashgan maktablarda tahsil oluvchi iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning ota-onasiga tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.

@ohangaronshahar‌‌
👍2