Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.8K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalari vazirligi 2023-yil 24-noyabrdagi 507-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning  6 yanvar kuni Ohangaron shahar kasb-hunar maktabining ʼʼAniq fanlar kafedrasiʼʼ matematika fani oʻqituvchilari tomonidan "Oʻyla, izla, top " deb nomlangan o'quv-amaliy seminar o'tkazishdi.

Seminar juda qiziqarli, mazmunli hamda savol javoblarga boy boʻldi.

Seminarda turli xildagi qiziqarli oʻyinlar, boshqotirmalar, mantiqiy savollar boʻlganligi seminar qatnashchilariga yanada yoqdi. Oʻquv seminar yakunida faol qatnashgan ustozlar turli xildagi sovgʻalar bilan taqdirlandi.

@ohangaronshahar
#xalq_bilan_muloqot

Bugun Ohangaron shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Alisher Karimjonov shahrimizdagi “Adolat” MFYda ehtiyojmand fuqarolarni qabul qilmoqda.


Qabulda korxona-tashkilot rahbarlari  soha mutasaddilar ham faol ishtirok etmoqda.

Shahar hokimi oʻrinbosari turli muammolari bilan murojaat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlashib, aholi vakillarini qiynayotgan muammolarni tizimli va tezkor ravishda hal etmoqda.


📣 Qolaversa, vaqt talab qiladigan murojaatlar soha vakillariga yoʻnaltirilmoqda.

@ohangaronshahar
#Tabriklaymiz

8-yanvar - Oʻzbekiston Respublikasi Prokuratura organi xodimlari kuni!


Bayramingiz muborak boʻlsin, soha fidoyilari! Yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi samarali faoliyatingizga koʻz tegmasin!

@ohangaronshahar
Ўзбекистон Республикаси прокуратура органлари ходимларига табрик

Ҳурматли прокуратура ходимлари ва фахрийлари! Aзиз дўстлар!
Касбий байрамингиз муносабати билан табрикларимни қабул қилинг!

Ватанга хизмат қилиш фидойилик ва катта жасорат талаб қилади. Қонун ва ҳуқуқий тартибни муҳофаза қилиш прокуратура ходимининг энг масъулиятли вазифаларидан биридир.
Бурчга содиқлик, профессионаллик, фидойилик ва матонат учун самимий миннатдорчилигимни қабул қилинг! Сиз, давлат ва жамият олдидаги бурчингизга жонкуярлик билан ҳалол ва виждонан амал қиласиз.
Касбнинг аҳамиятини англаган ҳолда, чуқур ҳурмат билан прокуратура органларининг ҳар бир ходими оиласига тинчлик-хотиржамлик, мустаҳкам соғлик, фаровонлик, юрт фаровонлиги йўлида муваффақиятлар, қонунга хизмат қилишда қатъият, тамойилларга содиқлик ва узоқ йиллик касбий фаолият тилайман!

Aзиз дўстлар!
Сизларга мустаҳкам соғлиқ, оилавий фаровонлик, некбинлик ва кундалик масалаларни ҳал қилишда сабр-тоқат, давлат манфаати учун хизмат қилишда омад ва янги ютуқлар тилайман!

Ҳурмат билан, Халқ депутатлари Оҳангарон шаҳар Кенгаши котибияти мудири Ж.Узаков

Kanalga ulanish
#Eʼlon

Ohangaron shahar elektr taʼminoti  korxonasi ogohlantiradi!


08.01.2024-yil soat 11:00 dan soat 18:00 gacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Ohangaron shahar sanoat hududida joylashgan “Tristan” MCHJning tashqi elektr taʼminoti ishlarini yakunlashda elektr taʼminoti vaqtinchalik quyidagi hududlarda toʻxtatiladi. Bular:
Yangilik MFY,
Birlik MFY,
Doʻstlik MFY,
Namuna MFY,

hududlardagi maktab va MTTlar, tijorat banklari, muassasalar va tashkilotlar.
Ohangaron shahar elektr taʼminoti kelib chiqishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzur soʻraydi.

Tel: 70 645 32 00.

@ohangaronshahar
3-sektor hududida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi!

🔹Bugun, 3-sektor hududiga qarashli  3-sektor binosida "Orzu" MFY hududda yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul  o‘tkazildi.

⚡️Uchrashuvda 3-sektor rahbari F.X.Ismoilov hamda Ohangaron shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Alisher Karimjonov
va shahardagi tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

☑️Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishib, masalalariga yechim topishdi, muddat talab qiladigan masalalarga chora-tadbirlar belgilanib ma'sul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

@ohangaronshahar
#Elon

“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan  “Vatanparvarlik oyligi” doirasida O‘zbekiston “VETERAN” faxriylar va nogironlar uyushmasi ko‘magida hamda “OHANGARONSEMENT” AJ ko‘magida “BIZ BIRGA KUCH” ko‘ngillilar jamoasi tashkil etildi. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarni shaxmat bo'yicha havaskorlar turniriga taklif qiladi.

Tadbir 12-yanvar kuni soat 14:00 da Ohangaron Yoshlar agentligi binosida  bo‘lib o‘tadi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Нуроний_жамғармаси

√ “Нуроний” жамғармаси Республика Бошқарув раиси Содиқжон Турдиев ва вилоятимиз ҳокими Зойир Мирзаевнинг берган тавсиялари асосида янги 2024 йил иш режасида “Нуронийлар маскани”ида ҳар душанба куни "Кексалар маслаҳати" гурухи рахбарларининг йиғилиш куни, йиғилишда ўтган ҳафта хисоботи ва янги хафталик иш режаси тузиш белгиланган.

√ Шу мунособат билан бугун 8-январ куни “Кексалар маслаҳати” гурухи раҳбарларининг йиғилиши бўлиб ўтди.

√ Йиғилишда “Нуроний маскани” биносини кадастр хужжатларини расмийлаштириш, бўш турган хоналардан оқилона фойдаланиш, керакли мебел ва спорт жихозлари билан таъминлаш, бино атрофини темир панжаралар билан ҳимоялаш, шунингдек, Тиббиёт ва ижтимоий хизматлар ҳамда коммунал хизматлар кўрсатишдаги имтиёз ва имкониятлар, маҳаллаларда нуронийларининг роли ва аҳамиятини ошириш юзасидан фикр мулоҳозалар юритилди.

@ohangaronshahar