Оhangaron shahar hokimligi
3.68K subscribers
43.1K photos
2.73K videos
69 files
9.73K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi sessiya oldi masalalari ko'rib chiqildi

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri J.Uzakov ishtirokida navbatdagi doimiy komissiyalar qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar ko'rib chiqilib, shahar hokimining birinchi o'rinbosari A.Karimdjanov, Soliq inspeksiyasi rahbari A.Muminov, Moliya bo'limi rahbari O.Erbachchaev hamda IIB rahbari o'rinbosari M.Xolmatovlarning hisobotlari tinglandi.

Ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan qo'shma yig'ilishning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Kanalga ulanish
⚡️Toshkent viloyati hokimi Zoyir  Mirzayev, viloyat sektor rahbarlari ishtirokida Toshkent viloyatining  tuman va shaharlaridagi yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va 2024-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔥Ushbu uchrashuvda Ohangaron shahar yoshlari faol ishtirok etishdi va 2023-yil yakunlari bo'yicha mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda alohida namuna ko'rsatgan Ohangaron shahar "Yangilik" MFY yoshlar yetakchisi Sunnat Saparaliyev tashakkurnoma va esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.

@ohangaronshahar
🟦🟦🟩🟩
Aqilli ta’lim hamda elektron poliklinika loyihalari taqdimot qilindi .

Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum IT”akademiyasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga Yoshlar Texnoparki direktori O.Tuychiyev Yoshlar Texnoparkida ishlab chiqilgan IT loyihalar “Elektron poliklinika”,”Kimyo fani labaratoriyasini virtual reallik asosida oʻrgatuvchi dastur”loyihalari yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.
🔺Taqdimot yakunida 2024-yilda dasturlarni viloyat miqyosida keng jalb qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.

@ohangaronshahar
#Ochiq_dars

🏢Shahrimizdagi 8-umum ta'lim maktabida har bir dars ochiq dars sifatida o‘tkazib kelinmoqda.

📗An'anaga muvofiq 4A-sinfda ham "Rosa mazza qish, qorlari kumush" mavzusida ochiq dars tashkillashtirildi. Ko‘p yillik tajribaga ega ustoz Nargiza Xunarova dars mavzusini chiroyli tarzda o‘quvchilarga yetkaza oldi. Turli xildagi bir-biridan qiziq metodlardan foydalanib, darsni ingliz tili, rus tili fanlariga bog‘lab o‘tdi.

📌Bolajonlar ham mavzuga kirishib ketib, dars yakunlanganini ham sezmay qolishdi.