Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.5K photos
2.53K videos
67 files
8.89K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Jarayon

Ohangaron shahar hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.

Bugun Ohangaron shahar hokimi Аkrom Eshonqulov shahar IIB boshlig’i Fayzulla Ismoilov hamkorligida shahar IIB profilaktika inspektorlari bilan mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Shu o’rinda shahrimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda mavjud muammolarni o’rganib, kelgusida ushbu yo’nalishda profilaktik ishlarni kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.


@ohangaronshahar
#Xushxabar
#Zamonaviy_maktab

Xabaringiz boʻlsa kerak, joriy yilda Respublika boʻyicha 2244 ta maktabda “Zamonaviy maktab”larga qoʻyiladigan talablar asosida oʻrganish oʻtkazilgan edi.

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, shahrimizdagi 3 va 4-sonli maktablarimiz Respublika miqyosida oʻtkazilgan “Eng zamonaviy maktab maqomi” da ishtirok etib, nufuzli 2-daraja(Yashil maqom)ga ega boʻlishdi.


📣 Shahrimizdagi 3-umumtaʼlim maktabi va 4-umumtaʼlim maktablari jamoasini, qolaversa shahar ahlini mazkur muvaffaqiyat bilan qutlaymiz!

📣 Zamonaviy maktab maqomi muborak boʻlsin!

@ohangaronshahar‌‌‌‌
#Хушхабар

Оҳангарон шаҳридаги 3-умумтаълим ҳамда  4- умумтаълим мактаблари Республика миқёсида ўтказилган ўрганиш жараёнида 2-даража(яшил мақом)га эга бўлишибди.

📣 "Замонавий мактаб" мақомига эга бўлиш учун таълим муассасаларига қандай талаблар қўйилади?

📘 Ҳудудимизда бундай шарафга мос келадиган бошқа мактаблар ҳам борми?

Шу хусусда "Оҳангарон ҳаёти" газетасининг навбатдаги 51-сонида батафсил ўқишингиз мумкин!

@Ohangaronim_hayoti
#Ta’lim

❇️Ohangaron shahar MMTBga qarashli 9- umumta’lim maktabida "Qadriyatlar qadr topgan yurt" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida oʻzbegim allasi, kelin salom va urf-odatlarimiz aks etgan kuy qoʻshiqlar o‘quvchilar tomonidan ijro etildi.

Milliy qo‘shiq va kuylar barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbirga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasidan U.Choʻlponova va D.Akbayeva, "Noʻgʻoyqoʻrgʻon" MFY mahalla vakili SH.Ernazarovalar qatnashdi.Tadbir soʻngida U.Choʻlponova milliy qadriyatlarimiz haqida oʻquvchilarga maʼlumotlar berib oʻtdi.

@ohangaronshahar
#Tabriklaymiz
#Tug‘ilgan_kun


Bugun Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi rahbari, fidoyi kadr, talabchan sardor, mehnatsevar inson Abdulaziz Uralovning tugʻilgan kuni!

📣 Shu munosabat bilan unga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📘 Shahrimizning ijtimoiy-maʼnaviy rivoji yoʻlida mehnat qilib tolmasin!


@ohangaronshahar
#Биласизми

🔰 Уч ёшга тўлмаган болалар, шунингдек шифокорларнинг хулосасига кўра қўшимча қаровга муҳтож бўлган катта ёшдаги касали оғир болалар стационар шифохонада даволанаётганида уларнинг отаси ёки онасига ёхуд оиланинг болани бевосита парваришлаётган бошқа аъзосига даволаш муассасасида унинг ёнида бирга бўлиши учун имконият яратилади ва меҳнатга лаёқатсизлик варақаси берилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#bellashuv

Bugun shahrimizdagi 1- sektorga qarashli 5 ta mahalla xotin qizlar faollari tashabbusi bilan “Epchil kelinchak” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

✔️Tanlovda mahallalarning bir-biridan chaqqon, epchil, iqtidorli  kelinlari ishtirok etishdi. 5 ta shart boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda kelinlar oʻz iqtidorini namoyish etishdi.

🏆Tadbir yakunida kelinlarimiz mahalla faollari tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.



@ohangaronshahar