Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
41.8K photos
2.69K videos
69 files
9.5K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Biz_OITSga_qarshimiz

Bugun shahrimizdagi 8-umum ta'lim maktabida "1-dekabr - Butun jahon OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.


🦠Mazkur tadbir maktab MMIBDO‘ Saodat Chinaliyeva hamda 8-sinf rahbari Shaxnoza Turg‘unova tomonidan tashkillashtirildi.


📌Tadbirda o‘quvchilar tomonidan OITSga oid ma'lumotlar, videoroliklar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

@ohangaronshahar
#Bayram_shukuhi
#Jarayon


Ayni damda shahrimizdagi muhtasham “Alimardon” majmuasida “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bayram tantanasi boʻlib oʻtmoqda.


📣 Bayramni shahar hokimi Akrom Eshonqulov tabrik soʻzi bilan ochib berib, bayram qatnashchilarini samimiy qutladi.

Toʻkin dasturxon atrofida yigʻilgan tantana ishtirokchilari shahar  “Madaniyat” boʻlimining xushovoz xonandalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushmoqda.

@ohangaronshahar
#OAV

Ayni damda shahar hokimi oʻrinbosari Shahlo Ismatova boshchiligida Ohangaron shahridan bir guruh MFY faollari, nuroniylar, tibbiyot xodimlari “Oila olami” koʻrsatuvining “OITSga qarshi kurashish davr talabi”  mavzusiga bagʻishlangan koʻrsatuvida ishtirok etishmoqda.


Shahrimiz faollari televideniya orqali xalqimizga qimmatli tavsiya-takliflarini berishmoqda.

@ohangaronshahar
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-27-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining VMQ-228-sonli Qarori ijrosi hamda boshqa masalalar ko'rib chiqildi. Hisobdor mas'ullar yig'ilishda ishtirok etmaganligi sababli doimiy komissiya tomonidan hisobotlari qabul qilinmadi.

Doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Kanalga ulanish
#Seminar

📌Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limida Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasida seminar mashg’uloti o’tkazildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ma’naviyat

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma'rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘lini targ‘ib etish maqsadida shahar Ixtisoslashtirilgan agentlik maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida "Ma'rifatparvar ayolning ibratli hayot yo‘li" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

⚡️Uchrashuvga O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi dosenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Respublika "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zosi, Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazining "Ma'naviyat fidoiysi" ko‘krak nishoni sohibasi R.O‘razova taklif qilindi va mazkur mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, Ixtisoslashtirilgan agentlik maktabining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Qurbonovalar ham ishtirok etdilar.

RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi

@ohangaronshahar