Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.8K photos
2.5K videos
67 files
8.72K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#bayram_shukuhi
#jarayon

Bugun Ohangaron shahridagi  4 sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida ham bayram tadbiri oʻtkazildi.

📣 “3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni”  munosabati bilan “Mehr va muruvvat bilan yashaylik” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirni shahar hokimi Akrom Eshonqulov ochib berib, sektor rahbarlari To‘lqin Karimov, Fayzulla Ismoilovlar ishtirokida bolajonlarga sovgʻa- salomlar ulashishdi.

@ohangaronshahar
#Biz_OITSga_qarshimiz

Bugun shahrimizdagi 8-umum ta'lim maktabida "1-dekabr - Butun jahon OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.


🦠Mazkur tadbir maktab MMIBDO‘ Saodat Chinaliyeva hamda 8-sinf rahbari Shaxnoza Turg‘unova tomonidan tashkillashtirildi.


📌Tadbirda o‘quvchilar tomonidan OITSga oid ma'lumotlar, videoroliklar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

@ohangaronshahar
#Bayram_shukuhi
#Jarayon


Ayni damda shahrimizdagi muhtasham “Alimardon” majmuasida “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bayram tantanasi boʻlib oʻtmoqda.


📣 Bayramni shahar hokimi Akrom Eshonqulov tabrik soʻzi bilan ochib berib, bayram qatnashchilarini samimiy qutladi.

Toʻkin dasturxon atrofida yigʻilgan tantana ishtirokchilari shahar  “Madaniyat” boʻlimining xushovoz xonandalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushmoqda.

@ohangaronshahar
#OAV

Ayni damda shahar hokimi oʻrinbosari Shahlo Ismatova boshchiligida Ohangaron shahridan bir guruh MFY faollari, nuroniylar, tibbiyot xodimlari “Oila olami” koʻrsatuvining “OITSga qarshi kurashish davr talabi”  mavzusiga bagʻishlangan koʻrsatuvida ishtirok etishmoqda.


Shahrimiz faollari televideniya orqali xalqimizga qimmatli tavsiya-takliflarini berishmoqda.

@ohangaronshahar
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-27-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining VMQ-228-sonli Qarori ijrosi hamda boshqa masalalar ko'rib chiqildi. Hisobdor mas'ullar yig'ilishda ishtirok etmaganligi sababli doimiy komissiya tomonidan hisobotlari qabul qilinmadi.

Doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Kanalga ulanish
#Seminar

📌Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limida Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasida seminar mashg’uloti o’tkazildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar