Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Nuroniy_jamgʻarmasi

√ “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruv raisi Sodiqjon Turdiyev va Toshkent viloyati raisi Abdusamat Nosirovlarning tashabbusi va topshiriqlari bilan Ohangaron “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar internat uyi nuroniylaridan ellik nafari Toshkent shahriga sayoxati tashkil etildi.

√ “Saxovat” uyida “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika vakili Abdumajid Umarov, Ohangaron shahar boʻlimi raisi Shavkat Kamilovlar ishtirok etib, yangi Oʻzbekiston islohotlari, xususan, muhtaram Prezidentimizning “Suv tekin emas, degan gʻoyasini aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish lozim”ligi yuzasidan targʻibot ishlarini olib borish belgilandi.

√ Shuningdek, nuroniylar “Gʻalaba” va “Yangi Oʻzbekiston” bogʻlarida boʻlishib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yoʻlida duolarda boʻldilar.

@ohangaronshahar
#imtiyoz

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun imtiyozli shartlarda 33 million so'mgacha kredit ajratiladi. Batafsil...

⚡️Ayrim yoshlar yetakchilari yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritiladi, shuningdek malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi. Batafsil...

⚡️Quyidagi oʻqish davrlari pensiyaga chiqishda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi. Batafsil...

⚡️Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to'lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi. Batafsil...

⚡️Toʻlov-kontrakt uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi. Batafsil...

⚡️Nutqida, eshitish va koʻrishida ogʻir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi. Batafsil...

⚡️Boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalar yer solig'idan ozod qilinadi. Batafsil...

Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so'raladi? Javob...

⚡️Mehnat migratlariga 10 million so'mgacha mikroqarz beriladi. Batafsil...

Kimlar 60 kv.m doirasida mol-mulk  solig‘idan ozod qilingan? Javob...

🎓https://t.iss.one/ohangaronshahar
#zo‘ravonlikka_qarshimiz

Shahrimizda "25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni" ga bagʻishlangan 2023-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbirlari tashkil etilmoqda.

Bugun Ohangaron shahar “Baxt” mahallasida xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Unda shahar hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Shaxlo Ismatova, IIB ning xotin-qizlar masalasi boʻyicha inspektori Nilufar Karimxoʻjayeva, shahar “Oqila ayollar” harakati aʼzolari, tibbiyot birlashmasi xodimlari, profilaktika inspektorlari va mahalla aholisi ishtirok etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, uning oldini olish masalasida targʻiboti qilinib,shahar hokimi oʻrinbosari tomonidan oilalar farovonligi borasida ayollarni oʻrni hamda ushbu masalada barcha tashkilot vakillari birdek masʼul ekanligini taʼkidlab oʻtildi.Hamda “Zoʻravon ota” filmi namoyish qilindi.


@ohangaronshahar
#Jarayon
#Tahlil


Shahar hokimi Akrom Eshonqulov  Soliq inspeksiyasi masʼullari bilan tahliliy ruhda  yigʻilish  oʻtkazdi.

Shahar hokiminining birinchi oʻrinbosari Alisher Karimdjanov, soliq inspeksiyasi boshligʻi Anvar Moʻminov ishtirok etgan yigʻilishda aholidan soliq tushumlarini undirish, fuqarolarning soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashdagi mas’uliyatini yuksaltirish boʻyicha bir qator masalalar muhokama qilindi.


📘 Shahar hokimi tomonidan faoliyatida kamchilikka yoʻl qoʻyayotgan masʼullar ogohlantirildi, shuningdek ularga  tegishli topshiriqlar berildi.


@ohangaronshahar
#Jarayon

Bugun Ohangaron shahar Prokurori Toʻlqin Karimov shahrimizdagi  bir nechta ijtimoiy obyektlarda boʻlib, binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini nazorat qildi.

Xususan, 2-sektor rahbari shahar Tibbiyot birlashmasi, 2-IDUM, 5-umumtaʼlim maktabida qozonxonalarning sozligini tekshirdi, muassasa xodimlari bilan suhbatlashdi.

📘 Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berib, ijrosi nazoratga olinishini maʼlum qildi.

@ohangaronshahar