Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

🇺🇿 Bugun O'zbеkiston Rеspublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi Ohangaron shahrida keng nishonlandi.

@ohangaronshahar
Doimiy komissiyalar qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining barcha doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni ijrosi, Shahar Davlat Soliq inspeksiyasi rahbari A.Mo‘minovning budjet prognoz ko'rsatkichlari hisoboti, Adliya bo'limi rahbari S.Xakimovning Kengashga 9 oylik axboroti, ayrim hokim qarorlarini qonunga muvofiqlashtirish hamda boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

Ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan qo'shma yig'ilishning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#targ‘ibot

❇️Joriy yilning 16-noyabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, shahar Prokuraturasi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi" g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Ohangaron shahar Prokurori katta yordamchisi B.Buxarov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponovalar ishtirok etib, yoshlarimiz o‘rtasida amalga oshirilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar, ularning hozirgi kundagi salbiy oqibatlari, yurtimizda yoshlarga bilim olishlariga yaratilayotgan keng shart-sharoitlar, imkoniyatlar, imtiyozlar hamda ulardan oqilona foydalanishlari haqida targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi

@ohangaronshahar
#bayrog‘im_faxrim

🇺🇿 Bugun, 18-noyabr — O'zbеkiston Rеspublikasining Davlat bayrog'i qabul qilingan kun!


Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#hashar_elga_yarashar


🌱 Bugun shahrimizdagi 4-umumtaʼlim maktabida Yoshlar ishlari agentligi vakillari, “Ohangaron hayoti” gazeta tahririyati xodimlari, shahar Pensiya taʼminoti boʻlimi masʼullari, maktab jamoasi  ishtirokida hashar boʻlib oʻtmoqda.


🍀 Hasharchilar maktabning sport maydoni hududiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishmoqda.


🌳 Bugungi hasharda taʼlim muassasasi hududiga 1000 tup daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan.


@ohangaronshahar
#Шукуҳ
#байрам_табриги

📘 Оҳангарон шаҳар ҳокими Акром Эшонқулов Ўзбекистон Республикасининг “Давлат байроғи тўғрисида”ги қонуни қабул қилинганлигига 32 йил тўлгани муносабати билан шаҳар аҳлини табриклади!

@ohangaronshahar
#yashil_makon

Shahrimizda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida shahar hududida joylashgan ta'lim maskanlariga korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida hashar uyushtirilib, yangi yashil bog'lar barpo etilmoqda.

Bugun shahrimizdagi 3-umumta'lim maktabida tashkillashtirilgan hasharda shahar hokimi Akrom Eshonqulov ishtirok etib, maktab jamoasi bilan birga bog'ning birinchi ko'chatini o'tqazishdi.

Mazkur hasharda shahar Madaniyat bo'limi xodimlari ham javlon urib mеhnat qilishdi.  Hashar davomida maktab bog'iga 400 tup qayrag'och, katalpa, yasin, safora, akasiya, kashtan, chinor va tеrak ko'chatlari ekildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌