Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.2K photos
2.51K videos
67 files
8.82K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Амал_қилинг

🔰 Қонунчиликка кўра, истеъмолчиларга электр энергияси ва табиий газ шартнома асосида улардан фойдаланиш қоидаларига мувофиқ етказиб берилади.

📝 Шартномада тарафларнинг ҳуқуқ ва мажбурияти, ҳисобга олиш асбобларини ўрнатиш, электр энергияси ва табиий газ учун ҳисоб-китоб қилиш ва бошқа шартлар келишиб олинади.

📁 Мазкур қоидаларни бузганликлари учун томонлар қонун ҳужжатларига мувофиқ маъмурий ва жиноий жавобгарликка тортилишлари мумкин.

⚠️ Шунингдек, тармоқларга ўзбошимчалик билан уланиш, ҳисобга олиш асбобларига, уларнинг пломбаларига шикаст етказиш ёхуд ҳисобга олиш асбобларининг кўрсаткичларини ўзгартириш ўғрилик ёки оз миқдорда талон-торож қилиш сифатида баҳоланиб, жавобгарликка сабаб бўлиши белгиланган.

‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди...

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#xavfsiz_temir_yo‘l

Toshkеnt mintaqasi tеmir yo'l transportida MMTB va Ohangaron bеkati bo'linma xodimlari tomonidan "Xavfsiz tеmir yo'l oyligi" tadbirlari tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan Ohangaron shahar "Birlik" MFY hamda aholi o'rtasida tеmir yo'l yaqinida bеmaqsad yurmaslik va vagon oynalariga tosh otmaslik, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#Besh_tashabbus #Reyting

"BESH TASHABBUS" OLIMPIADASIDA 106 NAFAR ISHTIROKCHI FAXRLI NATIJALARNI QO'LGA KIRITDI

Toshkent viloyatida mahalla yoshlari o'rtasida “Besh tashabbus" olimpiadasi II-mavsumi doirasidagi tanlov va sport musobaqalari o'tkazildi.

Unda viloyatning tuman va shaharlaridan jami 106 nafar ishtirokchilar faxrli natijalarni qayd etib, 1-, 2-, va 3-o'rinlarni egalladilar.

Ayni kunlarda voleybol, milliy kurash, gimnastrada sport musobaqalari hamda milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi tanlovi, shuningdek, "Zakovat" intellektual o'yinlari ham yakuniga yetdi. Musobaqa yakunlari bo'yicha reyting hisoblanib borilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏠 "Xavfsiz xonadon" loyihasi bilan Milliy gvardiya "Qo'riqlash" bosh boshqarmasi tomonidan Sizning xonadoningiz ishonchli qo'riqlovi ta'minlanadi.

📞 Batafsil 1131 raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#tibbiyot

14 noyabr — "Xalqaro diabеtga qarshi kurash kuni" munosabati bilan Toshkеnt viloyati Endokrinologiya dispansеri hamda shahar “Adolat” SDP, Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasi hamkorligida Ohangaron Dеhqon bozori hududida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o’tkazildi.

Mazkur tadbirni o’tkazishdan maqsad aholi o’rtasida qandli diabеt kasalligini erta aniqlash va oldini olish, aholining sog’lom turmush tarziga rioya etishga targ’ib qilish ko’zda tutilgan. Soha mutaxassislari tekshiruv jarayonida fuqarolar bilan to’gri ratsional ovqatlanish tarziga rioya qilish mavzusida suhbat olib bordilar.

Tadbirda 150 nafar fuqarolar skrining tеkshiruvidan o’tkazildi. Bir martalik tibbiy jihozlar bilan maxsus apparat yordamida qonning qanddagi miqdori tеkshirildi.

Tekshiruv davomida 5 nafar fuqaroda qandli diabеtning 2 turi, 8 nafarida qandli diabеt oldi holati,14 nafarida ortiqcha vazn aniqlandi. Ushbu fuqarolarga soha mutaxassislari tomonidan qimmatli maslahat va tavsiyalar bеrib o’tildi.

@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Toshkent viloyatida sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholi, shuningdek, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, viloyatda turli xildagi ommaviy sport oʻyinlari, "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi musobaqalar oʻtkazilib, sovrindorlarning mahallasiga davlat tomonidan 3 turdagi sport maydonchalari qurib berilmoqda. 3 million 100 mingdan ortiq yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirgan sport musobaqasi 9 xil sport turini oʻz ichiga qamrab olgan.

Hozirda Toshkent viloyatida 65 ta zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan sport maydonchalari foydalanishga topshirilgan boʻlsa, yana 17 tasi qurilish jarayonida.

"Sevimli" telekanali lavhasida batafsil tanishishingiz mumkin

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Nuroniy_jamg‘armasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida  bir guruh faol nuroniy onaxonlarimiz vohamizdagi “Parpi ota”, “Payg’ambar ota” hamda “Xizr ota” kabi tarixiy qadamjolarda bo‘lishib, ziyorat qildilar. 

√ Shuningdek, nuroniylarimiz yo’l-yo’lakay xalqona qo’shiq va laparlarni hirgoyi qilib, ko’ngillari tog‘dek ko‘tarilib, bugungi dorul-omon kunlarga yetkazganiga shukronalar keltirishdi.

√ Ayniqsa, bir piyola choy ustida gurung qilishib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz baxt-saodati va farovonligini tilab duolar qildilar.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌