Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
40.8K photos
2.66K videos
69 files
9.27K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#statistika

Ohangaron shahrida bajarilgan qurilish ishlari hajmi

〽️2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Ohangaron shahrida jami 161,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O’tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,1 %ni tashkil qildi.

Shu jumladan:

🔸 Bino va inshootlarni qurish – 83,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

🔸 Fuqarolik obyektlarni qurish - 45,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

🔸 Ixtisoslashtirilgan quilish ishlari– 32,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#mavsum_tadorigi

Kuni kecha Ohangaron shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida IIV o'rinbosari, gеnеral-mayor Bahodir Mirzarahimov shahrimizda bo‘ldi.

Shahrimizdagi mavjud ob’ektlarni mavsumga shayligini o’rganish davomida IIB, Temir yo’l stansiyasi, mahalla va ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bahodir Mirzarahimov mas’ullarga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini tez va sifatli amalga oshirish, aniqlangan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish bo'yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#sport

Sportning badiiy gimnastika turi bo'yicha "Sportga ilk qadam" shiori ostida Ohangaron shahar sport maktabida musobaqa bo'lib o'tdi. Unda gimnastikachi qizlarimiz halqa, to'p va tasmalar yordamida turli mashqlarni chaqqonlik va nafis harakatlari bilan namoyish etishdi. Musobaqa so'ngida g'olib bo'lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi va eng iqtidorli gimnastikachi qizlar maktab terma jamoasiga saralab olindi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#rasmiy

TAYINLOV

Rizakulov Ikrom Jumabayevich Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi Ohangaron tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ikrom Rizakulov 1980 yil O‘rtachirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2007 yil Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini tamomlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar "GRAND ROAD TASHKENT" QK MCHJ direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#ma'naviyat

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, shahar Prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi bilan hamkorlikda I.Karimov nomidagi TDTUda talabalar o‘rtasida "Yangi O‘zbekiston-inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir" shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Ohangaron shahar Prokurori katta yordamchisi Sh.Zulfiyev, RMMM shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, shahar "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zolari N.Yo‘ldosheva, B.Bakkarayeva, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi mutaxassisi Sh.Rajabov, "Iloq" MFY yoshlaryetakchisi A.Tursunovlar ishtirok etdilar hamda mazkur mavzu yuzasidan atroflicha targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#Nuroniy_jamg'armasi

Shahrimiz mahallalaridagi "Kеksalar maslahati" guruhi rahbarlaridan iborat faol Nuroniy onaxonlar "Nuroniylar maskani"da yig'ilishib haftalik ish rеja ijrosi yuzasidan maslahatlashib oldilar.
√ Shuningdеk, ular o'zaro gurunglashib, ushbu haftalikni ko'tarinki kayfiyat bilan boshladilar.
√ Bo'lim raisi Sh.Kamilov nuroniy onaxonlarga o'z minnatdorchiligini bildirib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan topshiriq va tavsiyalarni bеrdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
Forwarded from Huquqiy axborot
#Амал_қилинг

🔰 Қонунчиликка кўра, истеъмолчиларга электр энергияси ва табиий газ шартнома асосида улардан фойдаланиш қоидаларига мувофиқ етказиб берилади.

📝 Шартномада тарафларнинг ҳуқуқ ва мажбурияти, ҳисобга олиш асбобларини ўрнатиш, электр энергияси ва табиий газ учун ҳисоб-китоб қилиш ва бошқа шартлар келишиб олинади.

📁 Мазкур қоидаларни бузганликлари учун томонлар қонун ҳужжатларига мувофиқ маъмурий ва жиноий жавобгарликка тортилишлари мумкин.

⚠️ Шунингдек, тармоқларга ўзбошимчалик билан уланиш, ҳисобга олиш асбобларига, уларнинг пломбаларига шикаст етказиш ёхуд ҳисобга олиш асбобларининг кўрсаткичларини ўзгартириш ўғрилик ёки оз миқдорда талон-торож қилиш сифатида баҳоланиб, жавобгарликка сабаб бўлиши белгиланган.

‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди...

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#xavfsiz_temir_yo‘l

Toshkеnt mintaqasi tеmir yo'l transportida MMTB va Ohangaron bеkati bo'linma xodimlari tomonidan "Xavfsiz tеmir yo'l oyligi" tadbirlari tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan Ohangaron shahar "Birlik" MFY hamda aholi o'rtasida tеmir yo'l yaqinida bеmaqsad yurmaslik va vagon oynalariga tosh otmaslik, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌