Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
39.9K photos
2.56K videos
68 files
9K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Jarayon

Bugun Taʼlim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Ohangaron shahar boʻlinmasi Kengashi tomonidan shahardagi taʼlim muassasalari boshlangʻich Kasaba uyushma qoʻmitasi raislari uchun oʻquv seminari tashkil qilindi.

Seminarda shahar Adliya boʻlimi yuristkonsulti J.Rahmatullayev ishtirok etib, yigʻilish ishtirokchilarini 11-noyabr "Kasaba uyushmalari kuni" bilan tabriklab O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida tushunchalar berib, seminar ishtirokchilarining savollariga javob berdi.

Seminar davomida Kasaba uyushmalari shahar Kengashi raisi N.Turanova so'zga chiqib, tashkilotda kasaba uyushmasini o'rni va ijtimoiy sherikchilik asosida olib boriladigan ishlar, tashkilotda xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy huquqiy manfaatlarini himoya qilib borish haqida gapirib o'tdi.

@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shahrimiz_yoshlari
#iste'dod

Ohangaron shahar "Yoshlik" MFY faol yoshi Madaniyat boʻlimi toʻgarak va jamoalar mutaxassisi Samandar Abdulhamidov "Nurafshon" telekanalida "Yaxshi kunda yana birgamiz" koʻrsatuvida.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
Bugun shahrimizdagi 8- umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari o‘rtasida "Sportni sev,  sport sog‘lik garovi! " shiori ostida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
🏐Sport o‘yinlari musobaqasini o‘tkazishdan asosiy maqsad –pedagog xodimlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
❇️ Mazkur musobaqa maktab jamoasi o‘rtasida birdamlik va do‘stona harakatlanish kabi xususiyatlarni shakllantirishi bilan o‘yin ishtirokchilarida ijobiy taassurotlar qoldirdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#ko'rgazma
#e'lon

📣 O'zbеkiston Rеspublikasi qurilish sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, invеstisiyalarni jalb etish, shuningdеk, qurilish industriyasi mutaxassislari malakasini oshirish maqsadida joriy yilning 22-, 23- va 24-noyabr kunlari Samarqand shahridagi "Sof expo Samarkand" xalqaro ko'rgazmalar majmuasida "Build pro expo 2023" qurilish tеxnologiyalari va matеriallariga bag'ishlangan ko'rgazma bo'lib o'tadi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#Hashar_barchaga_yarashar

“Ohangaron hayoti” gazeta tahririyati xodimlari hashar tashkil qilishib, tahriyat binosi va atrofini chiqindilardan, begona oʻtlardan tozalashdi.


Siz ham oʻzingiz yashayotgan va faoliyat yuritayotgan maskaningizni ozoda saqlang, obod qiling!

@ohangaronshahar
#yashil_makon

🌱Shahrimizda "Yashil makon" loyihasi doirasidagi ishlar keng ko‘lamda amalga oshirilib kelinmoqda. Bugun "Baxt" MFYdagi 2-sonli DMTTda barcha Maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari ishtirokida mo‘jazgina "Murabbiylar" bog‘i barpo etilmoqda.

Mazkur hashar jarayonida shahar hokimi Akrom Eshonqulov ham ishtirok etib, bog‘dagi birinchi ko‘chatni ekishda tashabbus ko‘rsatdi. Muassasada barpo etilayotgan bog‘ga hashar davomida 200 tup olma, gilos va shaftoli kabi mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi.

Shahrimiz fuqarolari "Yashil makon" loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol qatnashib barchaga namuna bo‘lmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌