Оhangaron shahar hokimligi
11.2K subscribers
45.3K photos
2.89K videos
71 files
10.2K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#hashar

Ohangaron shahar hokimining 03.11.2023 yildagi 1/4-1115-sonli topshiriq xati ijrosini ta'minlash maqsadida Ohangaron shahar SEO va JSB xodimlari tomonidan "Mustaqillik" MFY dagi ko'p qavatli uylar atrofida hashar o'tkazildi.

Hashar davomida ekilgan manzarali va mevali daraxtlar atrofi yumshatilib, ishlov berilib sug'orildi, hudud to'kilgan xazonlardan tozalandi, ekilgan ko'chatlar orasidagi xatoliklarga 4 dona behi ko'chati ekildi. Shuningdek, Amir Temur ko'chasining tegishli qismiga ekilgan manzarali ko'chatlar va gullar tagiga ishlov berilib sug'orildi.

@ohangaronshahar
😭5👍2
#yashil_makon

Ohangaron shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi F.X.Ismoilov boshchiligida shahrimiz hududidan oʻtgan А-373.М-39 avtoyoʻlining 133 kmda yoʻlning yon atroflari obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Unda "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'chatlar o‘tqazilib, yon atrofidagi chiqindi va xazonlar tozalandi.


Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
👍8👌2
#yashil_makon
#hashar

Ohangaron shahar sport maktabi xodimlari "Ohunboboyev" MFYda joylashgan sport maktabi hududida obodonlashtirish va ko‘k'alamzorlashtirish ishlarini olib borishdi. Hashar davomida yon atrofdagi xazonlar tozalanib,
mavjud bo'sh yer maydonlariga ko'chatlar ekildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
😭2
#hashar

Bugun shahrimizdagi “Xonobod” jome masjidining imom-hatiblari tomonidan “Munchoqtepa” MFY hududidagi qabristonga 100 tup terak koʻchati ekildi.

@ohangaronshahar
👍12👏2😭2
#Ustoz va murabbiylar_bog‘i

🌴 Shahrimizdagi 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabining bo‘sh turgan yer maydoniga Ohangaron shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i A. Xamrayev boshchiligida "Ustoz va murabbiylar bog‘i" tashkil etildi. Mazkur bog‘ga bugun shahar maktablarining barcha direktorlari hashar bahona jamul-jam bo‘lishdi. Hasharda rahbarlar tomonidan 600 tup terak hamda 70 tup mevali daraxtlar o‘tqazildi. Sug‘oruv tizimi yaratilib, yangi daraxtlar sug‘orildi.
🍛 Hashar yakunida barcha ishtirokchilarga osh tarqatildi. Hashar ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
👍3😭2