Оhangaron shahar hokimligi
3.68K subscribers
43.1K photos
2.73K videos
69 files
9.73K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#hashar
#yashil_makon

Ohangaron shahar hokimining 03.11.2023 yildagi 1/4-1115-sonli topshiriq xati ijrosini ta'minlash maqsadida Ohangaron shahar SEO va JSB hodimlari tomonidan "Mustaqillik" MFYdagi ko'p qavatli uylar atrofida hashar o'tkazildi. Hashar davomida ekilgan manzarali va mevali daraxtlar atrofi yumshatildi hamda ishlov berildi. Hudud to'kilgan xazonlardan tozalandi, ekilgan ko'chatlar orasidagi xatoliklarga 4 dona behi ko'chati ekildi. Shuningdek Amir Temur ko'chasining tegishli qismiga ekilgan manzarali ko'chatlar va gullar tagiga ishlov berilib sug'orish ishlari bajarildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
Biz bilan yurtimiz obodligini ta'minlashga o'z hissangizni qo'shing!


🌿 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan "Yoshlar markazi"da mevali va manzarali daraxtlar ekish, mahallalar ozodaligini ta'minlashga qaratilgan Ekologik aksiyaga start berildi.

🤝 Sizda ham ezgulik elchilari qatorida bo'lish imkoni mavjud! Hurmatli Ohangaron yoshlari bizga qo'shiling va shahrimiz obodligiga o'z hissangizni qo'shing.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#yashil_makon
#obodonlashtirish

Ohangaron shahrida "Yashil makon loyihasi doirasida kuzgi mavsum uchun bеlgilangan tadbirlar amalga oshirilib, yangi bog'lar barpo etilmoqda. Obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari natijasida shahrimiz kundan-kunga obod bo'lib bormoqda. Bunda mahalla mas'ullari bilan birga shu yerda yashayotgan fuqarolarning ham alohida o‘rni bor. "Iloq" va "Guliston" MFYda ham bugun obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#hashar
#yashil_makon

Ohangaron shahar 2-sеktor "Bo'ston" MFY hududida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'p qavatli uylar oldida shahar Madaniyat bo'limi xodimlari mеvali ko'chat daraxtlarini o‘tqazishmoqda. Ushbu jarayonni kuzatib turgan bolajonlar ham yordamga oshiqib, hasharga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌