Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.2K photos
2.51K videos
67 files
8.82K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#tugʻilgan_kun

Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi rahbari Choʻlponova Umida Ilhomovnaning tavallud ayyomi.

Shu munosabat bilan, Umida Choʻlponovaga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-xotirjamlik tilaymiz!

Faol va tashabbuskor rahbarning faoliyatiga ulkan zafarlar, muvaffaqiyatlar, gʻalabalar tilaymiz!

@ohangaronshahar
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Ohangaron shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Ohangaron shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz mavjud bo‘lsa, joriy yilning 27-oktabr kuni soat 10:00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron shahri, "Yangilik" MFY, 30-uy. Ohangaron shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka komaklashish bo‘limi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07


Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#bayram_shukuhi
#Jarayon

📣 Ayni damda shahrimizdagi muhtasham toʻyxonada “25-oktyabr - Ichki ishlar tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tantanasi boʻlib oʻtmoqda.


Bayramni shahar hokimi Akrom Eshonqulov tabrik soʻzi bilan ochib berib, faoliyatida  muvaffaqiyatlarga erishayotgan  soha vakillariga esdalik sovgʻalarini topshirdi, bayram munosabati bilan kasb fidoyilarini taqdirladi.

Shuningdek, soha vakillari uchun toʻkin dasturxon yozilib, shahar Madaniyat boʻlimining xushovoz xonandalari ishtirokida bayram kechasi davom etmoqda.

@ohangaronshahar
#Jarayon
#Yoshlar_siyosati

Bugun  shahrimizda “Besh tashabbus" olimpiadasining  2-mavsum,  3-bosiqichining “Bosh prokuror kubogi” doirasida “Milliy kurash musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqani Ohangaron shahar prokurori T.Karimov hamda Ohangaron shahar hokimi o’rinbosari Z.Karimovlar ochib berishdi.

Musobaqa qizg‘in va murosasiz baxslarga boy tarzda kechdi.

@ohangaronshahar
#jarayon

Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida shahrimizdagi   “Suvoqova” korxonasida  tahliliy ruhdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda shahar rahbari tomonidan suvni tejash, aholining mavjud qarzdorligini undirish masalasi koʻtarildi.

Soha vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.

@ohangaronshahar