Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
41.7K photos
2.69K videos
69 files
9.5K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Jarayon

Bugun Ohangaron shahar "Shodlik" MFY hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan Ohangaron shahar IIB xodimi A.Norov,  Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi rahbari A.Uralov hamda BSK xodimlari va mahalla xodimlari hamkorligida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

@ohangaronshahar
#jarayon

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni betalafot oʻtkazish maqsadida soha vakillari tomonidan shahrimizdagi 3-kichik tuman 14-uyning tom qismi maxsus uskunalar yordamida yopildi.

@ohangaronshahar
#Ma’naviyat

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar Adliya bo'limi va shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda shahar 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Tinchlik eng oly ne'mat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

❇️ Davra suhbatida shahar Adliya bo'limi yuristi B.O'smonov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi bosh mutaxassisi D.Akbayeva yoshlarga yurtimizdagi barqarorliklar, inson qadri uchun olib borilayotgan islohatlar, xalqimiz va yoshlarimiz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, osmonimizni musaffoligi bularning barchasi vatanimiz tinchligi evaziga bo'layotgani haqida hamda biz yoshlar ona vatanimiz tinchligini ko'z qorachig'imizdek asrashimiz, vatanga sodoqat bilan boqishimiz, yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, kelajakda komil inson bo'lib yetishishimiz kerakligi haqida ma'ruza qildilar.

@ohangaronshahar
#jarayon

Shahrimiz bo‘ylab obodonlashtirish va joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari keng qamrovda olib borilmoqda. Xususan, "Guliston" MFYda joylashgan 9-uyning 45 metr uzunlikdagi kirish yo‘lagi ta'mirlanib beton qoplamasi yotqizildi. Mahalla hududidagi 8-uyning ta'mirtalab tarnovlari qayta ta'mirlanib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌