Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.8K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#ijtimoiy_eʼlon

Ibrohim Gulyamov bilan jonli uchrashuv !

💻Toshkent viloyati Yoshlar texnoparkida biznes egalari va biznes qilishni maqsad qilganlar uchun 25-oktyabr,soat 11:00 da Ibrohim Gulyamov “Sistemali biznes qurish”mavzusida offline trening oʻtkazadi !

Offline treningda :
Kompaniya strukturasini tuzish ;
Vazifalarni xodimlarga toʻgʻri taqsimlash ;
Boshqaruvda maxsus dasturlardan foydalanish ;
Xodimlarni ishga olish va kuchli jamoa tuzish;
Strategik rejalar tuzishga oid bilim va texnikalarga ega boʻlasiz !

Ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling👇🏻

📞 +998990081006

@ohangaronshahar
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Ҳафта давомида қабул қилинган қонунчиликдаги янгиликлар билан танишинг:

🔹Йўл қурилишига хусусий сектор жалб қилинади Манба: (ПҚ-330, 10.10.2023й.);

🔹Тадбиркорларни давлат рўйхатидан ўтказишда қулайлик яратилади Манба: (538-сон, 13.10.2023й.);

🔹Хусусий мулкни “E-auksion shop” платформаси орқали сотиш тартиби тасдиқланди Манба: (540-сон, 16.10.2023 й.);

🔹Янги давлат хизматларини кўрсатиш йўлга қўйилади Манба: (544-сон, 17.10.2023 й.);

🔹Авиация фаолиятини самарали ташкил этишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори Манба: (ПҚ-337, 16.10.2023 й);

🔹Ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли мурожаатларини тезкор кўриб чиқувчи “ишонч телефони” ишга туширилади Манба: (539-сон, 14.10.2023 й.);

🔹Корея билан иқлим ўзгариши бўйича ҳамкорлик қилинади Манба: (ПҚ-339, 19.10.2023 й.).

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#yashil_makon

Bugun "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida  Ohangaron shahar Sport maktabida hashar uyushtirildi. Ushbu hasharda Sport maktabi hududiga mevali va manzarali daraxt ko’chatlari o‘tqazildi. Shahrimiz sportchilari ham yurtimiz obodligini ta'minlashga qaratilgan "Ekologik aksiya"da faol ishtirok etmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#statistika

Ohangaron shahrining chakana savdo tovar aylanmasi

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan Ohangaron shahrining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 462,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,6 %ni tashkil etdi.

Shaharning chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 77,5 mlrd. so‘mga va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi hajmi 384,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IT_haftaligi
#intervyu

Sarvar Pirnazarov, IT Park Toshkent viloyati direktori:

– Oʻzbekistondagi eng yirik IT haftaligi doirasida "ICTWEEK Uzbekistan 2023"da Toshkent viloyati dasturchilari faol ishtirok etishmoqda hamda yurtimiz IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligi yanada ortmoqda
.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ma’naviyat

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda shahar 7-sonli alohida imkoniyati cheklangan o'quchilar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda 21-oktyabr-O'zbek tili bayrami munosabati bilan "Til-millat ko'zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

❇️ Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi bosh mutaxassisi D.Akbayeva o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi to'g'risida, ona tilimizni rivoji, qadrini ulug'lashda buyuk shoirlarimizni mehnatlari va bugungi kunda yurtimizda Ona tilimizni yanada rivoji uchun olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumotlar berdi.

Tadbir yakunida maktabda tahsil olayotgan o'zbek, rus, tatar millatiga mansub bo'lgan o'quvchilar Ona tilimizni qadrlovchi she'rlar, g'azallar, kuy-qo'shiqlar va sahna ko'rinishlarini ijro etdilar.

@ohangaronshahar
#BAYRAM_HAFTALIGI

📣 Kuni kecha Toshkent viloyati Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  "21-oktabr  -  O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi"ga bagʻishlangan  "Til -  millat koʻzgusi” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi.

📘 Tadbirga Ohangaron shahar Milliy gvardiya boʻlinmasi xodimi Turdiyev Ma’ruf tashrif buyurdi.

Tadbirni Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining  oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari K.X.Razakova ochib berdi.  O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’riy chiqishlar, qoʻshiq va jozibador raqslar yigʻilganlarga ma’naviy ozuqa bag‘ishladi.

Milliyligimiz belgisi hisoblangan boy tilimizni asrab-avaylash, uning xalqaro mavqeyini oshirish har bir o’zbek farzandining sharafli burchi ekanligiga yana bir bor alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir so‘ngida o’quvchilarga mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Adabiy kecha ko'tarinki ruhda  o'tkazildi.

@ohangaronshahar
Bugun Ohangaron shahar hokimligi majlislar zalida Adliya vazirligi mas'uli To‘lqin Tursunov, Yoshlar siyosati va sport vazirligi vakili Erkinboy Kutiboyev, Toshkent viloyati sudi sud'yasi Azamat Shomurodov, JIB Ohangaron shahar sudi raisi Nozim Abdurashidov boshchiligida "Sayyor qabul" bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda mas'ullar tomonidan qizil hududga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilik ahvoli, IIB Probatsiya ro‘yxatida turuvchi fuqarolar bilan ishlash, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va yoshlar masalalari bo‘yicha mahalla raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, qabul davomida yuqori natijalarga erishgan shahrimiz sportchilari bilan uchrashib, sportning turli yo‘nalishlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan yoshlarimiz bilan suhbatlashdilar.

@ohangaronshahar