Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.76K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Besh_tashabbus

Kuni kecha shahrimizdagi 6-sonli BMSMda "Besh tashabbus" olimpiadasining uchinchi shahar bosqichi doirasida "Milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligida 10-15, 16-22 va 23-30 yosh toifasida yoshlar o‘rtasida ikki yo‘nalishda o‘tkazildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, milliy yo’nalishda:

S.Odiljonov (doira)
A. Po‘latova (dutor)
S. Abdulhamidov (rubob)

Zamonaviy yo’nalishda:

Kim Veranika (fortepiona)
A. Ismatov (gitara)
Sh. Hayitboyev (urma zarbli)

cholg‘u asboblarida o‘z iqtidorlarini namoyish etib, g'olblikni qo'lga kiritishdi.       

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#tug‘ilgan_kun

Bugun Ohangaron shahar 9-umumiy o'rta ta'lim maktabining jonkuyar, faol rahbari Mashkurova Feruza Abdujalilovnaning tavallud ayyomi.

Hurmatli Feruza Abdujalilovna!
Sizga mustahkam sog'lik, oilaviy baxt tilaymiz. Umringiz uzun, rizqingiz butun, martabangiz ziyoda bo'lsin.

Shahrimiz rivoji va yurtimiz farovonligi yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizga ulkan zafarlar va omad tilaymiz!

@ohangaronshahar
#Profilaktika kuni

Profilaktika kuni munosabati bilan Ohangaron shahar prokurori o‘rinbosari L.Zaripov “Yangiobod” MFYda JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi muhokamasini o‘tkazgan bo‘lsa, prokuror katta yordamchisi Sh.Zulfiyev shahrimizdagi 5-sonli umumta'lim maktabida voyaga yetmaganlar huqubuzarligi va uning oldini olish yuzasidan suhbat o‘tkazdi. Shahar hudududa olib borilgan profilaktik tadbirlarda prokuror katta yordamchisi B.Buxarov shahar tibbiyot birlashmasida bo‘lib, JK 135-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan, prokuror yordamchisi Sh.To‘raqulov “Navbahor” MFYda JKning 135-moddasi 1-qismi bilan, prokuratura tergovchisi Sh.Davranov “Guliston” MFYda JKning 267-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi muhokamasida qatnashishdi. Shuningdek, muhokamalar jarayonida hududlardagi jinoyatchilik ahvolini mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida tahlil qilishib, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish profilaktikasi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
#targ‘ibot

Bugun Diniy qo'mitaning Ohangaron shahar bo'limi,  "Xonobod" jomе masjidi imom xatibi va noiblari shahrimizdagi 1-2- umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "Ijtimoiy tarmoqlardagi xavfning oldini olish" mavzusida targ'ibot tadbirini o'tkazishdi.

Targ'ibot tadbirida so'zga chiqqanlar bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning ongini zaxarlovchi, yot g‘oyalar ta’siriga tushishining oldini olish, turli ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va tinchlikning bebaho ne’mat ekanligi ta’kidlab o‘tdilar.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
Hurmatli yurtdoshlar!

Sanitariya va ekologiya sohasidagi qoidabuzarliklar, jumladan, chiqindilar taqiqlangan joyga tashlanganligi haqidagi murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Call-markazining 1354 qisqa raqami orqali qoldirishingiz mumkin. Qo'ng'iroqlar uzluksiz qabul qilinadi!

Shuningdek, Telegram messendjerda @tozalik_murojaat_bot yaratilgan boʻlib, ushbu bot orqali respublikaning tumanlari kesimida sanitariya qoidalarini buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlarni foto va videofaktlar bilan yuklagan holda yuborish imkoniyati yaratildi.

Umumiy uyimiz bo’lgan Vatanimizda tozalik tarafdorimiz, biz bilan birga bo'ling!

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💫2023 yil 18-oktyabr kuni Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" ikkinchi mavsumi doirasida Milliy cholg‘u va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi tanlovining tuman va shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🪕Musobaqada yoshlar yakkalik bahslarida  10-15, 16-22 va 23-30 yosh toifalarida ishtirok etdi.

@ohangaronshahar