Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ilm_fan
#Jarayon

Bugun Ohangaron shahridagi “Yoshlar texnoparki” binosida hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida "Kreativ taʼlim va innovatsiyalar - Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi" mavzusida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirni Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov ochib berib, ixtirochi yoshlarning amaliy ishlari bilan tanishdi, ularga oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

Shahar rahbari oʻz ixtirosi bilan jamiyatga foyda keltirayotgan yoshlarning mehnatini alohida eʼtirof etib, ularga minnatdorlik bildirdi.

@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Lavha
#Ilm_fan

Jarayon qizgʻin davom etdi! Lavhamiz orqali tomosha qiling


@ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21-OKTABR O'ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!                                                                                                                       
"QADRING BALAND BO'LSIN, ONA TILIM"

Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimininig  ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi  Mirzayeva Nilufar.

"Ona tilim" she'r muallifi  Bahriddin Sadriddinov

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Yurt o'z qahramonlarini unutmaydi"

Ohangaron shahar, "Oxunboboеv" mahallasidagi Sultan Yakubov ko'chasining ochilish marosimi jarayonlari "Nurafshon tv" nigohida.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#fuqarolar_qabuli

Bugun an'anaviy tarzda shahar hokimligi binosi oldida shahar hokimi Akrom Eshonqulov va Ohangaron shahar Xalq qabulxonasi mudiri Muzrobxon Ibrohimov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda shahrimizdagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida 15 nafar fuqarolar murojaati tinglandi. O‘rganishlar davomida komunnal soha, moddiy yordam, uy-joy, kadastr, fuqaroni "Saxovat" uyiga joylashtirish, tibbiy yordam kabi bir qator masalalarning ijrosi tegishli mas'ullar tomonidan nazoratga olindi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi navbatdagi 2-ochiq stipendiya tanlovini e'lon qildi

Bu mavsumda bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 345 o‘rin ajratilgan, jumladan:

— bakalavriat taʼlim dasturi uchun 22 o‘rin;
— magistratura taʼlim dasturi uchun 193 o‘rin;
— doktorantura taʼlim dasturi uchun 130 o‘rin.

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10-oktyabridan 10-noyabriga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.

Hujjat topshirish uchun:
https://admission.eyuf.uz.

Qo‘shimcha savollarga javoblarni (71 203 14 41, 71 203 00 47,
71 203 00 48, 71 203 00 53) telefon raqami yoki Jamgʻarmaning https://t.iss.one/EYUF_Admission_2023bot rasmiy bot kanali orqali shuningdek, [email protected] elektron pochta manzili orqali olish mumkin.
#ona_tilim_faxrim
#ma'naviyat

Ohangaron shahar hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, shahar Madaniyat bo'limi, shahar Bolalar musiqa va san'at maktabi, shahar Ma'rifat targ'ibotchilar guruhi bilan hamkorlikda shahar Bolalar musiqa va san'at maktabida 21-okytabr -O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "O'zbek tili-milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida "Qadring baland bo'lsin ona tilim!" mavzusida bayram tadbiri o'tkazildi.

❇️ Tadbirda o'quvchilar davlatimiz timsoli, millatimizning madaniy va ma'naviy boyligi, ruhi, mulki, xalqimizning milliy madaniyati va tarixi bo'lgan ona tilimizni qadri-qimmati, sha'ni aks ettirilgan she'rlar, kuy-qo'shiqlar va raqslar ijro etildilar.

Tadbir yakunida shahar umumta'lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari shahar hokimligi va bo'linma tomonidan taqdirlandilar.

@ohangaronshahar