Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.48K videos
67 files
8.65K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#sog‘lom_turmush
#oramizdagi_odamlar

Har bir kishi oila atalmish muqaddas dargohni qurar ekan, umr yo‘ldoshi bilan bir umr baxtli hayot kechirishni, shirindan - shakar farzandlarni ulg'aytirib ularning kamolini ko'rishni istaydi.

Ohangaron shahar "Adolat" MFY 4-kichik tuman, 32 uyda yashovchi ko'p yillardan buyon sportning "Taekvando" turi bo'yicha murabbiylik qilib, kelayotgan Venera Valiyeva yolg'iz o'zi ikki nafar o'g'illarini yaxshi tarbiyalab, ularda
sportga mehr uyg‘onishiga sababchi bo‘ldi.

Ushbu xonadonning shukuhli kunlarida to'ng'ich o'g'li Ilnur Nagimov yosh oilalar safiga qo'shilgani va sportchilar oilasiga kelin bo'lib kelgan, Barnoxon Nagimova ham "Taekvando" sport turi bo'yicha bo'lajak murabbiy ekanligiga barchaning havasi keldi. Biz esa, jamiyatimizda mana shunday sog‘lom turmush tarzini o‘zlariga shior bilgan oliy toifali sportchilar oilasi borligidan faxrlanamiz.

@ohangaronshahar
🔹Ochiq eshiklar kuniga marhamat!

Farzandingiz bilan har bir kunni ham foydali, ham maroqli o‘tkazishni istaysizmi?

Unday bo‘lsa sizni "Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparki"da 16-20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan — 12-30 yosh yoshlarga mo‘ljallangan ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz

Tadbir farzandingiz bilan bir qatorda, siz uchun ham qiziqarli bo‘ladi degan umiddamiz.

| 09:00- 13:30 |

📍Ohangaron shahar Amir Temur koʻchasi


📞 +998990081006

@ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Innoweek2023

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik ishlaridan Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparkidan videolavha

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

@ohangaronshahar
#Yoshlar_siyosati
#Jarayon

Bugun Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan, shahrimizdagi 22 ta mahallada yashovchi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Artel” korxonasiga ekskursiya tashkil qilindi.

Ekskursiya judayam qizg’in tarzda o’tdi va yoshlar ishga kirish uchun o‘z yozma arizalarini yozib keldilar, endilikda ishsiz yoshlar oylik daromadga ega bo’ladilar.

Eslatma: Mahallalarda ish izlayotgan, ishsiz yoshlar bo‘lsa o‘z mahallangizning yoshlar yetakchisiga uchrashing, zero sizning bandligingiz yoshlar yetakchilari uchun muhimdir!

@ohangaronshahar
#суюнчи_пули

“Суюнчи пули”ни олиш тартиби қандай?

Халқ тилида “Суюнчи нафақаси” деб аталадиган бола туғилганда бериладиган бир марталик нафақа амалдаги қонунчиликка мувофиқ ҳар бир туғилган фарзанд учун тўлаб берилади.

🗣 Маълумот учун: бола туғилганда бериладиган бир марталик нафақа суммаси - меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 70,3 фоизи деб белгиланган. Яъни ҳозирги кунда 688 940 сўмни ташкил этади.

Суюнчи нафақасини олиш учун қаерга мурожаат қилиш керак?

Аҳолига кўрсатилаётган хизматлар сифатини ошириш, бунда фуқароларнинг оворагарчиликларини бартараф этиш мақсадида “суюнчи нафақаси”ни тайинлаш бўйича хизматлар 2020 йилдан бошлаб, фуқаронинг мурожаатисиз композит шаклида амалга оширилмоқда.

Яъни, бугунги кунда бола туғилганда болага бериладиган фамилия, исм ва ота исми, ота-она ва уларнинг никоҳи, бола рўйхатга қўйиладиган поликлиника ва ички ишлар бўлими, навбатга қўйиладиган давлат мактабгача таълим ташкилоти ҳақидаги барча маълумотлар тиббиёт муассасаси (туғруқхона, шифохона туғруқ бўлими, оилавий поликлиника) томонидан "Туғилиш ва ўлимни, шу жумладан перинатал ўлимни электрон рўйхатга олиш" автоматлаштирилган ахборот тизимига киритилади.

Пенсия жамғармаси томонидан барча зарурий маълумотлар тиббиёт муассасаси ва ФҲДЁ ахборот тизимларидан электрон шаклда олинган ҳолда “Суюнчи” нафақаси автоматик равишда тайинланади.

➡️  Батафсил ўқиш учун бу ерга босинг

📞 11-40     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ilm_fan
#Jarayon

Bugun Ohangaron shahridagi “Yoshlar texnoparki” binosida hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida "Kreativ taʼlim va innovatsiyalar - Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi" mavzusida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirni Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov ochib berib, ixtirochi yoshlarning amaliy ishlari bilan tanishdi, ularga oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

Shahar rahbari oʻz ixtirosi bilan jamiyatga foyda keltirayotgan yoshlarning mehnatini alohida eʼtirof etib, ularga minnatdorlik bildirdi.

@ohangaronshahar