Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
42.5K photos
2.71K videos
69 files
9.63K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#jarayon


Bugun Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari B.Meliyev Ohangaron shahrida boʻldi.

📘 B. Meliyev hamda  shahar hokimi A.Eshonqulov boshchiligida, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida hududimizdagi zavod va korxonalarda yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishdan koʻzlangan asosiy maqsad kuz-qish mavusimiga puxta  tayyorgarlik koʻrish hamda sanoat korxonalarida elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashni targ‘ibot qilishdan iborat edi.

📣 Uchrashuv soʻngida kommunal soha mutasaddilariga qatʼiy topshiriqlar berildi.

@ohangaronshahar
#jarayon

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2023-yil 1-iyundagi 82 sonli  Farmoni va 2023-yil 1-iyundagi 176-sonli Qarorida koʻrsatilgan  aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Ohangaron shahar “Inson” ijtimoiy hizmatlar markazi rahbari Ch. Yoʻldosheva  tomonidan Yolgʻiz qolgan keksalar bilan ularga  koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati,taklif va muammolari xususida suxbat qurildi.

Shuningdek yolgʻiz qolgan qariyalarni  elektron roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tadbiq qilingan platformaga Toshkent viloyati boʻyicha Ohangaron shahar  “Ijtimoiy” xizmatlar markazi birinchi boʻlib ushbu jarayonni boshladi.

@ohangaronshahar
#Profilaktika_kuni

Profilaktika kuni munosabati bilan Ohangaron shahar prokurori o‘rinbosari L.R.Zaripov JKning 168-moddasi bilan, IJQK departamenti Ohangaron shahar bo‘limi boshlig‘i A.Fayziev JKning 168, 211-moddasi bilan, MIB boshlig‘i N.Zuparov JKning 122-moddasi bilan, prokuror katta yordamchisi B.A.Buxarov JKning 167-moddasi 2-qismi "b,v" bandlari bilan, prokuror katta yordamchisi Sh.R.Zulfiev JKning 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan, prokuror yordamchisi Sh.Sh.To‘raqulov JKning 131-moddasi 2-qismi bilan, prokuratura tergovchisi Sh.B.Davranov 276-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va hududdagi jinoyatchilik ahvolini mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida muhokama qilishib, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish profilaktikasi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
QAROR VA IJRO
# Toshkent viloyati Ohangaron shahar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgust kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi ko‘cha va tashkilotlarning nomlari, peshlavha, reklama va e’lonlardagi, shuningdek avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga, qonunchilik hujjatlariga hamda milliy qadriyatlarga mos, bexato yozilganligini o‘rganilishi va tartibga solinishi yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida  joriy yilning 8-sentabr kuni Ohangaron shahrida viloyat ishchi guruhi hamda  shahar ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda tashqi reklama vositalarining holatlari boʻyicha oʻrganish o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganish davomida ayrim tashqi yozuvlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emasligi aniqlanib, tushuntirish ishlari olib borildi. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari joyida bartaraf etildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar