Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#fuqarolar_qabuli

Ohangaron shahar hokimi boshchiligidagi navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

📌 Unda Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari Faxriddin Madimarov va boshqa korxona-tashkilotlar rahbarlari  ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.

📌 Qabul davomida 10 nafardan ziyod fuqarolarning kommunal soha, uy-joy, kadastr, sog‘liqni saqlash masalalaridagi murojaatlari tinglanib, tegishli mutasaddilarga ijro uchun yo‘naltirildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Амал_қилинг

🔰 Санитария нормаларини, қоидалари ва гигиена нормативларини бузиш:

🔹фуқароларга БҲМнинг 1 бараваридан 3 бараваригача (330 минг сўмдан 990 минг сўмгача);

🔹мансабдор шахсларга эса 5 бараваридан 10 бараваригача миқдорда (1 млн 650 минг сўмдан 3 млн 300 минг сўмгача) жарима солишга сабаб бўлади.

Шунингдек, санитарияга оид қонунчиликни бузиш, одамларнинг оммавий касалланиши ёки заҳарланиши реал хавфини келтириб чиқарса ёхуд одамларнинг оммавий касалланишига ёки заҳарланишига олиб келса, қуйидаги жазо чораларидан бири қўлланилиши мумкин:

БҲМнинг 50 бараваридан 100 бараваригача миқдорда жарима солиш;
5 йилгача муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш;
2 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари;
1 йилдан 3 йилгача озодликни чеклаш;
5 йилгача озодликдан маҳрум қилиш.

‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди...

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#ustozlar_milliy_forumi

Ohangaron shahar 2-sonli IDUMda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ikkinchi ustozlar milliy forumi “Sifatli ta’lim-kuchli jamiyat” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Ustozlar forumini Ohangaron shahar hokimi A.Eshonqulov ochib berib, barcha pedagog xodimlarni mustaqilligimizning 32-yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan qutladi.

Ohangaron shahar MMTB bo‘limi boshlig‘i A.Xamrayev yil davomida bajarilgan ishlar yuzasidan o‘z ma’ruzasini o‘qib eshittirdi. Ushbu forumning maqsadi Yangi o‘quv yilida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifalardan ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Forum davomida pedagoglar yangi o‘quv yili oldidan fan o‘qituvchilarining dars taqsimoti, tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlari to'g'risida ma'lumot olishdi.

Ustozlar forumida shahar hokimi tomonidan shahardagi eng faol va jonkuyar ustozlarga qimmatbaho sovg'alar hamda tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

@ohangaronshahar
#sport
#bellashuv

Ayni damda sportning futbol turi boʻyicha Ohangaron shahar va Ohangaron tumani yoshlari ishtirokida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.


📣 Jarayonda shahrimiz yoshlari 4|3 hisobida tuman yoshlarini magʻlub etib, g‘alaba qozondi.

Barakalla, yoshlar!



@ohangaronshahar