Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.4K photos
2.53K videos
67 files
8.88K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#jarayon
#muloqot

Bugun Ohangaron shahar 3-sektor rahbari Fayzulla Ismoilov turli davlatlarda mehnat qilayotgan 34 nafar ohangaronlik migrantlar bilan onlayn muloqot qildi.

📣 Muloqot jarayonida ularning muammolarini o‘rganib, ularga oilasining bag‘riga qaytish taklifini berdi.

Suhbat jarayonida migrantlarga shahrimizga qaytgach, moddiy ko‘mak va bandligini ta'minlashda yaqindan yordam berilishi haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuvdа 12 nafar fuqaroning savol va takliflari tinglandi, shulardan 6 nafar fuqaro yurtimizga qaytib kelish istagini bildirdi, 2 nafar fuqaroning muammosi o‘z joyida hal qilindi.


Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#yoshlar_siyosati

⚡️ Kecha Ohangaron shahar hokimi o'rinbosari Z.Karimov boshchiligida Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi xodimlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va Ohangaron shahar sport bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda uchrashuv tashkillashtirildi.

Uchrashuv davomida "Besh tashabbus olimpiadasi"ni shahrimizda targ'ibot qilish bo'yicha fikr almashildi va hokim o'rinbosari tomonidan yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

@ohangaronshahar
Ohangaron shahar "Birlik" MFY raisi, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va Ohangaron shahar deputatlari hamkorligida shu mahallaning Sharq ko'chasi 54-xonadonida istiqomat qiluvchi fuqarolar R.Fattaxutdinov va uning farzandi A.Fattaxutdinovaga oilaviy sharoiti ogʻirligi inobatga olinib homiylik asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini olishda koʻmaklashildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#e'tibor

Ohangaron shahar 2-sektor rahbari T.Karimov tashabbusi bilan "Namuna" MFYda yashovchi, ehtiyojmand fuqaro M.Abduraxmonova uyining tom qismidagi yaroqsiz shiferlar yangisiga almashtirib berildi. Shuningdek, uy ta'miri uchun 200 dona beton g'ishtlar ajratilib, qurilish ishlari amalga oshirildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_eʼlon
Toshkent viloyati Yoshlar texnoparkida "InnoX" biznes inkubator startap loyihalar tanlovining 2-mavsumiga start berildi !

“InnoX” biznes inkubatorga qabul qilinganingizdan soʻng sizda quyidagilardan 3 oy bepul foydalanish imkoniyati bo‘ladi:

Co-working maydoni;
“FabLab”zamonaviy labaratoriyasi;
Taniqli va mahalliy Mentor;
Konsalting xizmatlari;
Bepul biznes ta'lim va kasbiy treninglar, seminarlar va forumlarda qatnashish;
Loyihalarni xalqaro grantlarga yo'naltirish;
Biznes va marketing rejalar tuzishga yordamlashish;
Buxgalteriya xizmati ;

❗️Tanlovda Toshkent viloyati bo'ylab 18-30 yosh oralig‘idagi o'z startap g'oyasi yoki loyihasiga ega yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Arizalar joriy yilning 30-avgustiga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi.

🏆Kurs yakunida shakllangan innovatsion loyiha uchun Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparki tomonidan
10.000.000 (so'm)
rag'batlantirish taqdim etiladi!

Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

@ohangaronshahar
#jarayon

Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov shahrimizdagi "Bunyodkor" MFYda bo'lib, Munchoqtepa mahallasi ichki yo'llaridagi asfal't yotqizish ishlari bilan tanishdi.

Shahar hokimi bu yerda bo'lish asnosida jarayonni kuzatib, mahalladagi bu kabi o'zgarishlardan mamnun bo'layotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️“Жарима майдончаси” ахборот тизими ишлаб чиқилади

Ҳукумат қарори (358–сон, 11.08.2023 й.) айрим норматив ҳуқуқий ҳужжатларга ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди

🔰Шунга кўра, 2024 йил 1 январдан:

🔹қонун ҳужжатлари бузилганлиги учун ваколатли давлат органлари томонидан ушланган транспорт воситаларини сақлаш хизматларини кўрсатувчи юридик шахслар Жамоат хавфсизлиги департаменти Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизматининг Ягона автоматлаштирилган ахборот тизими орқали очиқ танлов асосида танлаб олинади;

🔹ушланган транспортларни тўхташ жойларига олиб келиш, жойлаштириш, сақлаш, ҳисобини юритиш ва олиб чиқиб кетишга рухсат бериш “Жарима майдончаси” ахборот тизими орқали амалга оширилади;

🔹транспортларни тўхташ жойларига олиб келиш (ташиш) ҳамда сақлаш бўйича кўрсатиладиган хизматлар учун тўловларнинг чекланган миқдорлари жойлардаги ҳокимликлар томонидан белгиланади.

🔰 “Жарима майдончаси” ахборот тизими орқали, жумладан:

▫️ушланган, тўхташ жойларига жойлаштирилган ва олиб чиқишга рухсат берилган транспортлар рўйхати юритилади;

▫️транспортларни тўхташ жойларидан олиб чиқиш учун барча тўловлар (жарима майдончаси ва ҳуқуқбузарлик учун жарималар) электрон амалга оширилади.

⚠️ Мазкур ахборот тизими 2023 йил 1 ноябргача ишлаб чиқилади.

🗒 Шунингдек, 2023 йил 1 декабргача ЙҲХХнинг ягона ахборот тизими ушланган транспортларни сақлаш хизматларини кўрсатувчи юридик шахсларни очиқ танлов асосида электрон танлаб олиш имкониятини яратиш мақсадида такомиллаштирилади.

📌 Қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан 3 ой ўтгач кучга киради.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot