Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
40.8K photos
2.66K videos
69 files
9.27K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#shanba_hashar
#obodonlashtirish

🌳 Bugun tong sahardan "Baxt" MFY xodimlari tomonidan yangi qurilgan mahalla binosi atrofidagi bog‘da hashar tashkil qilindi. Hasharda MFY faollari bilan bir qatorda yoshlar va mahalla fuqarolari ham ishtirok etishdi.

Mahalladagi hasharga 11-uyda yashovchi fuqarolar ham o‘z hissasini qo‘shishdi. Ular ko‘p qavatli uy yo‘lagida betonlash ishlarini olib borishdi. Mahalla xotin-qizlari esa ko‘chalar va uyga kirish yo‘laklarini tozalab, hasharda jonbozlik ko‘rsatishdi. Ha shuni aytsalar kerak-da, "Hashar elga yarashar" deb. Hullas, ahillikda gap ko‘p...

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#Minnatdorchilik

"Ишбилармон аёл- 2023" кўрик-танловининг Оҳангарон шаҳар босқичи ўтказилишидаги ҳамкорлиги ва беминнат ёрдами учун шаҳар ҳокими А.Эшонкуловга, шаҳар прокурори Т.Каримовга, шаҳар ҳокими биринчи ўринбосари Т. Султоновга ва Оҳангарон шаҳар хотин-қизлар фаоллари бўлимига, "O'ZLIDEP" Тошкент вилояти Кенгаши ўз миннатдорчилигини билдиради.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#Qovun_sayli
#festival'

Ayni paytda Xorazm viloyati Xiva shahrida "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi shunda-ki, ushbu festivalda Bayram Atamuradov rahbarligidagi “Qurama” Folklor-etnografik xalq ansambli ham ishtirok etmoqda. Saylda "Qurama" jamoasi o‘zining xalqona ohangdagi o‘lanlari bilan ko‘plarning olqishiga sazovor bo‘lmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Yoshlar murojaati e’tiborda

Munojat Tavbayeva bolalikdan nogiron. U Ohangaron shahrida istiqomat qiladi.

Munojat Yoshlar ishlari agentligiga nogironlik aravachasi zarur ekanligini bildirib murojaat yo‘llagan edi.

Bugun unga  nogironlik aravachasini yetkazib berish uchun xonadoniga bordik.

Bu singlimizdagi sabr va matonatni, hayotga bo‘lgan intilishini ko‘rib, tasanno aytgimiz keldi.

Yoshlarimizning har biri davlatimiz e’tiborida. Ulardan umidimiz katta.

 @ohangaronshahar
Bugun Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Otabek Sobirovich Ohangaron shahriga tashrif buyurdi va Ohangaron shahar hokim o'rinbosari Z.Karimov va Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi boshlig'i A.Uralov bilan birgalikda shahrimizda joylashgan "Yoshlar markazi"dagi yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan tanishdi.

@ohangaronshahar
#quruvchilar_kuni

Bugun 12-avgust "Quruvchilar kuni". Shu sana munosabati bilan shahrimizdagi markaziy o'yingohda "Ohangaronsement" AJ korxonasi homiyligida katta bayram dasturi boshlandi.
Bayram kechasini Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov bayram tabrigi bilan ochib bermoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram