Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.75K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#milliy_qadriyatlarimiz

Milliy qadriyatlar negizini urf-odatlar tashkil etadi. O'zbek milliy qadriyatlari mazmunida insonparvarlik g'oyalari yotadi. Uzoq tarix davomida va bugungi kunda xalqimizning o'zaro bir-biriga va ota-onaga bo'lgan hurmati, mehr-oqibati, yaxshi qo'shinchilik, bolajonlik va sadoqati har tomonlama e'zozlanib kelinmoqda.

❇️ Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda shahrimizdagi 14-sonli DMTTda " Yangi O'zbekistonda milliy qadriyatlar-milliy yuksalish asosi!" shiori ostida milliy qadriyatlarga bo'lgan hurmatni yoshlarning ongiga singdirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

❇️ Tadbirda DMTTning tarbiyachi ustozlari va bolajonlari tomonidan o'zbek milliy qadriyatlari, ufr-odatlari aks ettirilgan kuy-qo'shiqlar, raqslar, sahna ko'rinishi namoyish etildi.

@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Shahrimizdagi "Uch avlod uchrashuvi" va "Milliy kinofilmlar haftaligi" doirasida o‘tkazilgan tadbirlar "Nurafshon" tv nigohida

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tube | Instagram
#yoshlar
#hashar

❗️BIZ HASHARNI BOSHLADIK, SIZCHI?

🔹Ertaga 5-avgust kuni Ohangaron shahar "Yoshlar markazi" da  mahalla yoshlar yetakchilari, faol ko‘ngilli yoshlar ishtirokida obodonlashtirish hashari o‘tkaziladi.

Aziz hamshaharlar Sizlardan ham o‘z mahallangizda hashar tashkil qilishingizda, hududingizni obod qilishda  faollikni kutib qolamiz.

Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | Instagram
#o'rganish

Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyul kunidagi 473-F-sonli farmoyishi, Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 31-iyul kunidagi "Ko‘p xonali turar joy va jamoat binolarining yerto‘la va yarim yerto‘la qavatlarida joylashgan ko‘ngilochar shaxobcha, klub, bar va boshqa o‘yin-kulgi muassasalarini o‘rganish to‘g‘risida"gi 248-10-0-F/23-sonli farmoyishi hamda shahar hokimining 2023-yil 3-avgust kunidagi "Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 31-iyundagi 248-10-0-F/23-sonli Farmoyishi ijrosi to'g'risida"gi 87-10-214-F/23-sonli farmoyishlari ijrosini ta'minlash, shahar hududida turli ko'ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida ko‘p qavatli uylarning yer to’la qavatlarida o'rganish ishlari amalga oshirildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | Instagram
#hashar
#obodonlashtirish


Аyni paytda Ohangaron shahar "Yoshlar markazi" binosi hududida  mahalla yoshlar yetakchilari, faol ko‘ngilli yoshlar, shahar Bolalar va o‘smirlar maktabi murabbiylari ishtirokida obodonlashtirish hashari o‘tkazilmoqda.

📌 Bugun erta tongdan shahar hokimi Akrom Eshonqulov ham" Yoshlar markazi"da bo‘lib, hashar jarayonini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga shahrimiz yoshlarining birdamligidan mamnun bo‘lib, hasharda qatnashayotgan yoshlarga kuch, g‘ayrat tiladi.

Hashar davom etmoqda...

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tube | Instagram
Мактаб ўқитувчиларига дарс соатларини тақсимлаш: 5 муҳим саволга жавоб

Дарс соатларини ким тақсимлайди? Йиллик дарс соати чегараси қанча? Кимлар устунликка эга? “Декрет”дан қайтганларга неча соат дарс берилади? Қуйидаги мақолада шу ва бошқа муҳим саволларга жавоб берилган.

Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=17471

Каналга уланиш 👉 @hudud24official
#yoshlar_siyosati
#e’lon


📣 Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov soat 16:00 da xorijga o‘qishga yoxud ishlash uchun ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazadi.


Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan suhbat jarayonida ayni dam xorijda yashayotgan ohangaronlik yoshlarning muammolari o‘rganiladi, amaliy yordamlar ko‘rsatiladi.


Shuningdek, shahar mas’ullari ehtiyojmand migrantlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni, ularni doimiy ishga joylashtirishni, kasb-hunar o‘rganishlari uchun yetarli sharoitlar yaratishni ta’minlashadi.

Onlayn suhbat uchun manzil bu yerda👇👇👇

https://t.iss.one/+jbtRBf5Q-pozODky


@ohangaronshahar
#jarayon

Ayni daqiqalarda shahar hokimi boshchiligida migrant yoshlar bilan onlayn muloqot boshlandi.


Shahar hokimi o‘zining taklif va tashabbuslari bilan xorijdagi yoshlarga murojaat qilmoqda.


@ohangaronshahar
#onlayn_suhbat
#jarayon


Shahar hokimi, Akrom Eshonqulov:

📣 - Xorijiy davlatga ishlash uchun ketgan aziz hamshaharlarimiz. Hozirda bizning shahrimizda ham aholi bandligini ta'minlash borasida e'tiborga molik ishlar olib borilmoqda.  Sanoat zonasida ishlab chiqarish korxonalari soni ortishi evaziga yangi bo‘sh ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Jonajon shahrimizga qaytib kelsalaringiz, sizlarni o‘zimiz ish bilan ta'minlaymiz. Shahrimizdagi mavjud korxonalar rahbarlari bilan sizlarni uchrashtirib, korxonadagi shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘zingizga mos ishlarni tanlash imkoniyatingiz bo‘ladi. Uy-joy masalasida ham yordam beramiz. Oilalaringizga ham siz bu yerda ishga joylashib olgunga qadar yordam berishga tayyormiz. O‘qish istagingiz bo‘lsa istagan sohangizga bepul o‘qitamiz.  Siz faqat yonimizga, oilangiz bag‘riga qayting.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | Instagram
#onlayn_suhbat
#jarayon

Migrant Doniyor Kuchkarovning turmush o‘rtog‘i, Diloro Kuchkarova:

-Ohangaron shahar, "Bo‘ston" MFY da уashaуmiz. O‘tgan уili qish faslida uуimiz tabiiy ofat natijasida уоnib ketdi. Sizlarga rahmat, shundaу og‘ir sharoitda bizga g‘amxo‘rlik qilib "Saxovat va ko‘mak jamg‘armasidan 10 mln so‘m moddiy yordam ajratib berdilaringiz. Shundan so‘ng, turmush o‘rtog‘im ishlab uу-joy qilish maqsadida horijga ishlash uchun ketdi. Iloji bo‘lsa bizga uy-joy masalasida уоrdam bersalaringiz.

Shahar hokimi A. Eshonqulov:

- Singlim, sizning oilaviy sharoitingizdan xabarimiz bor. Turmush o‘rtog‘ingizga aуting, hech ikkilanmaу uyga qaуtsin, biz sizlarga uy-joy masalasida albatta уordam beramiz. Qurilish ishlarini boshlasak qishgacha bir, ikki xonasi уashash uchun taууor bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘ingizga ham munosib ish topib beramiz.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | Instagram