Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.6K photos
2.53K videos
67 files
8.9K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Dolzarb_30_kunlik
#obodonlashtirish

Ayni paytda shahrimiz bo‘ylab "Dolzarb 30 kunlik" tadbirlari doirasida obodonlashtirish va A-373 magistral yo‘li atrofida noqonuniy qurilmalar, savdo rastalarini tartibga solish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tadbir shahar hokimligi mas'ullari, shahar IIB, shahar Elektr ta'minoti, shahar SEО va JSB, shahar Kadastr agentligi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tube | Instagram
#Dolzarb_30_kunlik
#obodonlashtirish

Avval xabar berganimizdek, shahrimiz bo‘ylab "Dolzarb 30 kunlik" tadbirlari doirasida A-373 magistral yo‘li atrofidagi noqonuniy qurilmalar, savdo rastalarini tartibga solish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

📌 Tadbir davomida ishchi guruh noqonuniy qurilgan ob'ektlar, savdo shoxobchalari egalari bilan uchrashdilar. Shuningdek, tadbirkorlarga rastalarining betartib joylashuvi, ob'ektlar atrofidagi chiqindilarni tozalash bo‘yicha tushunchalar berishdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tube | Instagram
Президент яқин кунларда тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказади

Тадбиркорлар Савдо-саноат палатасининг 1094 қисқа рақами ёки @taklif2023bot ботига мурожаат қилиб, ўз ташаббусларини илгари суришлари мумкин. Операторлар 24/7 режимида қўнғироқларни қабул қилади!

Ҳурматли тадбиркорлар, ушбу муҳим сўровномада иштирок этинг ва бизнес муҳити ривожига ҳисса қўшинг!
#profilaktika_kuni

Bugun "Birlik" MFY xodimlari "Payshanba-profilaktika kuni" munosabati bilan mahalladagi muammosi bor, notinch oilalar va yolg'izlardan xabar olishdi. Ularning mavjud muammolarini o‘rganishdi.

📌 Fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat olishi, nogironlik, bandlik, tibbiy yordam, kommunal soha va boshqa masalalari tinglanib, shu yerning o‘zida profilaktika inspektori va faollar ishtirokida o'rganildi. Bildirilgan masalalar tegishli mutasaddilarga yo‘naltirilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tube | Instagram
#qaror_va_ijro

Joriy yilning 27- iyul kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 61-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayeva tomonidan shahardagi noqonuniy o'rnatilgan reklamalar hamda imloviy kamchiliklar bilan yozilgan peshlavha va axborot matnlari o'rganilib, bartaraf etish choralari ko'rildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tube | Instagram