Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
42.4K photos
2.71K videos
69 files
9.61K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#o'rganish

Bugun Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Zuxra Mirgaziyeva, shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahlo Ismatova va Ohangaron shahar "Kambag'allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash" bo‘limi boshlig‘i Madumarov Faxriddin ishtirokida 4-sektor hududidagi "Qo'rg'on" mahallasida joylashgan "Hunarmandlar mikromarkazi"da oʻrganish ishlari olib borildi.

🟢 Ushbu markazda ishsiz yoshlar, "Ayollar daftari" va "Temir daftar" da turuvchi aholi hunarmandchilikning "Savatchilik", "Kulolchilik", "Ro'mol to'qish", "Tikuvchilik", "Payvandlash" yo'nalishlari bo'yicha hunar egallayotganliklari o'rganildi va ular bilan suhbat olib borildi.

@ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat

Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i Qo`ziboyev Iskandar Faxriddinovich ishtirokida brifing

🗄Ohangaron shahar hokimining 2023-yil 10-iyul kunidagi 78-10-214-F/23 - sonli Farmoyishiga asosan shahar hududida joriy yilning 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar Yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha "Dolzarb-30 kun" tadbiri o'tkazilmoqda.

❗️Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi hurmatli fuqarolar va mutasaddi rahbarlardan ushbu tadbirda faol ishtirok etishlarini so'raydi.

@ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Raddiya

Bugun 12-iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog'i "Xalq nazorati-Народный контрол" jamoat guruhida Ohangaron shahar fuqarosi lyudmila Vladimirovna tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat posti, foto va video lavhalar joylashtirildi. Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i J.P. Sherov tomonidan bu muammo kelib chiqishi sabablari o'rganilib chiqildi.

Ohangaron shahar belgilangan hududlarida har 3 kun oralig'ida har bir ko'cha kesimida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda obodonlashtirish ishlari olib borilishi va fuqaro tomonidan yuborilgan foto lavhalar bahor oyida suratga tushirilganini ma'lum qiladi.

@ohangaronshahar
#tabriklaymiz

Bugun Ohangaron shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tajribali rahbar, samimiy inson Anvar Mo‘minovning tug‘ilgan kuni!


💥 Shu munosabat bilan unga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilaymiz! Mehnat faoliyatida ulkan zafarlar, g‘alabalar yor bo‘lsin!

Ohangaron shahar hokimligi jamoasi

@ohangaronshahar
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Ohangaron shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining 15.02.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor S.Azamovdan undiruvchi G.Usanova foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ishi bo‘yicha qarzdorning 12.07.2023 yil holatiga alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 18.000.000 so‘mni tashkil etgan.
Qarzdor tomonidan qarzdorlik summasi berilgan muddat ichida qoplanmaganligi sababli 12.07.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi MJrKning 47-moddasi 4 bandiga asosan javobgarlikka tortilgan.
Shundan so‘ng 13.07.2023 yilda qarzdor tomonidan 18.000.000 so‘m qarzdorlik summalar to‘liq qoplab berilgan va undiruvchining hisobiga o‘tkazib berilgan.‌‌

@ohangaronshahar
#yoshlar_uchun

Bugun shahar hokimi boshchiligida Xalq ta’limi mutasaddilari bilan birgalikda bitiruvchi yoshlar masalasiga qaratilgan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🧩 Yig‘ilishda ta’lim muassasalari rahbarlari, xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

📌 Joriy yilda 11-sinf bitiruvchilarining OTM larga hujjatlarini topshirishini nazorat qilish, ularga OTM yo'nalishlari bo'yicha kerakli ma'lumotlarni berish masalasi keng muhokama etildi.

@ohangaronshahar
Majburiy ijro byurosining Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan farzandlar ta'minoti uchun aliment va moddiy ta'minot undirishga oid ijro ishlari yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, bo‘lim ish yurituvida joriy yilning o‘tgan davrida voyaga yetmagan farzandlar ta'minoti uchun aliment va moddiy ta'minot undirishga oid jami 625 ta ijro ishlari yuritilgan.
Shundan, 135 ta ijro ishlarining ijrosi ta'minlangan. Xususan, 34 ta ijro hujjatlarining ijrosi amalda ta'minlangan, 82 ta ijro ishlari undiruvchilarning arizasiga asosan ijrosiz qaytarilgan.
Bundan tashqari, aliment va moddiy ta'minot to‘lashdan bo‘yin tovlagan 17 nafar qarzdorlar O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi 4-bandiga asosan ma'muriy qamoq jazolari tayinlangan bo‘lib, 2 nafar qarzdorlar Jinoyat kodeksining 122-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

@ohangaronshahar
e-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

38,5 mingga yaqin ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

🟢 Toshkent viloyatidan 4638 ta joy (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Targ'ibot ishlari davom etmoqda

⚡️🚨Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan  shahar hududidan oqib o'tgan kanallar, ochiq suv xavzalarida, cho'milish taqiqlangan joylarda suvda cho'kish bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda mavsumni betalofat o'tkazish maqsadida fuqarolar bilan targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
⚡️ Targ'ibot davomida fuqarolarga va balog'at yoshiga etmagan shaxslarga cho'milish taqiqlangan suv havzalarida cho'milmasliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi.