Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39K photos
2.5K videos
67 files
8.76K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Yoshlar_texnoparki

📘 Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparkida "InnoX" dasturi doirasida taklif qilingan taniqli tadbirkor Mfaktor va Deli kompaniyasi asoschisi Husan Mamasoidov tomonidan trening oʻtkazildi.

📣 InnoX tinglovchilari uchun mentor tomonidan “Muvaffaqiyatli biznes qurish” mavzusida trening boʻlib oʻtdi.Shuningdek, biznes, startup loyiha shakllantirish va moliyaviy barqarorlikka erishish bilan bog'liq masalalar, yoshlarda tug'ilayotgan savollar va muammolar bo'yicha batafsil tushuntirish va ko'rsatmalar berildi.

Trening yakunida "InnoX" dasturi ishtirokchilariga treningda faol ishtiroki uchun sertifikatlar topshirildi!

@ohangaronshahar
#xalq_qabuli

Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida, soha mas’ullari ishtirokida shahrimizdagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan qabul o‘tkazildi.


Ehtiyojmand fuqarolar ijtimoiy muammolari yuzasidan shahar rahbariga murojaat qilishdi.

📣 Fuqarolar murojaatlari o‘z joyida o‘rganilib, soha mutasaddilari ishtirokida tizimli hal etildi.

Vaqt talab etadigan ayrim murojaatlar mas’ullarga biriktirildi, ijrosi shahar hokimi tomonidan nazoratga olindi.


@ohangaronshahar
Ohangaron shahridagi
barcha korxona-tashkilot
va muassasalar rahbarlari
hamda mahalla fuqarolar
yig‘ini raislariga

XABARNOMA

Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimi, shahar Prokurori, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbussi bilan, 2023 yil 23 iyun kuni soat 8:30da Ohangaron shahar 6-sonli Bolalar musiqa maktabida kollej, kasb-hunar maktabi, texnikum, maktab va oliy talim bitiruvchilari, jazo muddatini o‘tab qaytganlar, aliment to‘lovchi ( ishsiz ), harbiy xizmatni o‘tab qaytganlar, harbiy xizmatchilarning ishsiz oila azolarini hamda ishga joylashishga muhtoj ish izlovchi xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarka” si o‘tkaziladi.


Ushbu mehnat yarmarkasida sizlardan bo‘sh ish o‘rinlari va ko‘rgazmali qurollar bilan ishtirok etishingiz so‘raladi.


📣 Shuningdek, mas’ul idoralar tomonidan “Mehnat yarmarkasi" ga "Temir daftari", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" ro‘yhatiga kiritilgan ish izlovchilar, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytgan fuqarolar, harbiy xizmatchilarning ishsiz oila a’zolari, harbiy xizmatni o‘tab qaytganlar, jazo muddatini o‘tab qaytganlar, aliment to‘lovchi ( ishsiz ), kollej, kasb-hunar maktabi, texnikum, maktab va oliy ta`lim bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari va boshqa shu toifaga o‘xshash fuqarolarni ishtirok etishga taklif qilamiz.


Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi

@ohangaronshahar
#ma’naviyat

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi va Adliya bo‘limi Ohangaron shahar hududida joylashgan 44-sonli JIEMda mahkumlar o‘rtasida "Konstitutsiya - sha'nim va qadrim himoyachisi" mavzusida davra suhbati tashkil etishdi.

Davra suhbatida shahar Adliya bo‘limi bosh yurist konsulti B.O‘smanov, RMMM shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponovalar ishtirok etib, malakali mutaxassislar tomonidan davlatimizning bosh qomusi hisoblangan Konstitutsiyada belgilangan inson huquqlari, burchlari va erkinliklari, insonning qadr-qimmatini himoya qilishga oid normalarining mazmun va mohiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi


@ohangaronshahar
#diqqat
#_IMTIHON

✂️ "Kasb-hunarga o'qitish maskani"ning
yana bir kasb tinglovchilari uchun imtihon boʼlib o'tdi.

Bitiruvchi tinglovchilar yakuniy malaka  imtihon jarayonidan a’lo baholarga o’tishdi.

Eslatib oʻtamiz, bu bitiruvchi tinglovchilar "Ayollar daftari" ro‘yhatida turuvchi xotin-qizlar boʻlib,  ularga barcha shart-sharoitlar yaratilgan holda   kasb-hunar oʻrgatildi.

🗺Manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron shahar, "Yangilik” MFY,
+99888 013 29 09

@ohangaronshahar
#xushxabar


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi Dilnoza Akbayevaning "Yangi O'zbekiston - inson qadri ustuvor bo'lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir" nomli maqolasi Rossiya davlatining "E-Conference Series" jurnalida chop etildi.

@ohangaronshahar