Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.8K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#jarayon

Aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida mutasaddilar tomonidan quyosh panellarining afzalliklari xususida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilyapti.


Shahar DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari Anvar Mo‘minov sanoat hududidagi korxonalarda bo‘lib, tashabbuskor tadbirkorlar va fuqarolarni quyosh paneli o‘rnatishi uchun amaliy ko‘maklar bermoqda.


Shuningdek soha vakili quyosh panelining afzalliklari xususida tushuntirish ishlarini olib borib, dehqon bozori hududiga quyosh paneli o‘rnatilishida ham bosh bo‘ldi.

@ohangaronshahar
#DIQQAT_E’LON

⚡️OHANGARON SHAHAR AHOLISI DIQQATIGA!

📣Joriy yilning 24-iyun kuni "30-iyun - yoshlar kuni" bayrami munosabati bilan shahar markazidagi Markaziy futbol o'yingohida siz kutgan bayram "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida yoshlar festivali bo'lib o'tadi.

Tadbirimizda:
🔥"Mening farzandim O'zbekiston faxri" loyihasi
📌"Inson qadri va mehr-sahovat" loyihasi
📎"Mening qonunim - mening taqdirim" loyihasi
✏️"Ma'rifat oqshomlari" loyihasi
🏃‍♂"5000 qadam" loyihasi
🎭Ko'ngilochar dasturlar
🏆Turli sport musobaqalari
🥁Ajoyib shoular
👨‍👧‍👧Musiqiy chiqishlar,
🎤Taniqli san'atkorlardan:
Tohir Sodiqov va "Bolalar" guruhi, Doston Ergashev, "Ho'ja" guruhi va boshqa xonandalar ishtirok etishadi.
Bayram tadbiri soat 19:00 da boshlanadi.

🎇Shuningdek tadbir davomida salyutlar yog'dusidan bahramand bo'lasiz!

BIZ BILAN BIRGA BO'LING!!!
Dasturlar mutlaqo bepul.


@ohangaronshahar
#Yoshlar_texnoparki

📘 Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparkida "InnoX" dasturi doirasida taklif qilingan taniqli tadbirkor Mfaktor va Deli kompaniyasi asoschisi Husan Mamasoidov tomonidan trening oʻtkazildi.

📣 InnoX tinglovchilari uchun mentor tomonidan “Muvaffaqiyatli biznes qurish” mavzusida trening boʻlib oʻtdi.Shuningdek, biznes, startup loyiha shakllantirish va moliyaviy barqarorlikka erishish bilan bog'liq masalalar, yoshlarda tug'ilayotgan savollar va muammolar bo'yicha batafsil tushuntirish va ko'rsatmalar berildi.

Trening yakunida "InnoX" dasturi ishtirokchilariga treningda faol ishtiroki uchun sertifikatlar topshirildi!

@ohangaronshahar
#xalq_qabuli

Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida, soha mas’ullari ishtirokida shahrimizdagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan qabul o‘tkazildi.


Ehtiyojmand fuqarolar ijtimoiy muammolari yuzasidan shahar rahbariga murojaat qilishdi.

📣 Fuqarolar murojaatlari o‘z joyida o‘rganilib, soha mutasaddilari ishtirokida tizimli hal etildi.

Vaqt talab etadigan ayrim murojaatlar mas’ullarga biriktirildi, ijrosi shahar hokimi tomonidan nazoratga olindi.


@ohangaronshahar